12.12.2023 15:49

ZARA brendining yangi reklama kampaniyasi katta mojaroni keltirib chiqardi

ZARA brendi «The Jacket» liboslari reklamasida foydalangan detallar ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarni keltirib chiqardi.

Gap shundaki, fotosuratlarda modelʻ Kristen MakMenami yogʻoch qutilar va beton parchalari oʻrnatilgan oppoq xonada turgani aks etgan. Xonaga qoʻllari yoʻq haykal hamda oq mato va oq polietilen paketlarga oʻralgan manekenlar ham joylashtirilgan.

7 dekabrʻ kuni boʻlib oʻtgan Atelier kollektsiyasi taqdimotida kompaniya oʻtgan yuz asrdagi erkaklar liboslaridan ilhom olinganini maʻʻlum qilgan edi. Fotosuratlarda esa goʻyoki haykaltaroshning ustaxonasi, qadoqlash materiallar va yogʻoch qutilar, shuningdek, maxsus libosdagi yordamchilar tasvirlangan.

Biroq bu tasvirlar foydalanuvchilarga vayronaga aylangan Gʻazo, oq matolarga oʻralgan manekenlar esa kafanlangan jasadlarni eslatgan.

Ehtimol, ZARA brendiga egalik qiluvchi Inditex guruhi ushbu reklama kampaniyasini sentyabrʻ oyida namoyish etganida, bu muhitni haqiqatdan ham haykaltaroshning ustahonasiga oʻxshatish mumkin edi. Biroq dekabrga kelib dunyodagi geosiyosiy vaziyat oʻzgartdi va foydalanuvchilar ushbu tasvirlardan faqat vayron boʻlgan Gʻazo sektori, oq matolarga oʻralgan manekenlarni esa kafanlangan jasadlarni koʻrmoqda.

Fotosuratlar eʻʻlon qilinganidan soʻng Instagram`dagi Zara sahifasida oʻn minglab izohlar yozildi. Ularning aksariyatida Falastin bayrogʻi bor edi. X (avvalgi Twitter) platformasida esa BoycottZara heshtegi eng koʻp muhokamalarga sabab boʻldi. Zara kampaniyasi fotosuratlari xuddi shunday koʻrinishdagi kafanlangan jigarbandini quchoqlab turgan falastinliklar fotosuratlari bilan yonma-yon qoʻyildi.

Ispaniya kompaniyasi boykot chaqiriqlariga hech qanday izoh bermadi, biroq dushanba kuni ertalab Zara onlayn-doʻkonining bosh sahifasida eʻʻlon qilingan suratlar tushga yaqin sayt va ilovadan gʻoyib boʻldi. Buyuk Britaniyadagi saytida Zara Atelier havolasi oʻtgan yilgi kollektsiya sahifasiga yoʻnaltirib qoʻyilgan.

Mavzuga aloqador