Rossiya Ichki ishlar vaziri rasmiy vakili Irina Volk Ukrainadagi urushda qatnashib, Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar sonini maʻʻlum qildi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukrainadagi urushda qatnashib, Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar sonini maʻʻlum qildi, deb yozadi Lenta.ru.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volkning soʻzlariga koʻra, shu vaqt ichida Ukrainadagi urushning 3344 nafar xorijiy ishtirokchilari RF fuqaroligini olgan.

Avvalroq, oktyabrʻ oxirida Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev 2024 yil boshidan buyon 1,2 ming kishi Rossiya fuqaroligidan mahrum etilganini maʻʻlum qilgan edi. Ularning aksariyat Ukrainadagi urushda qatnashishdan bosh tortgan yangi fuqarolardir.

Iyunʻ oyi oxirlarida esa Rossiya Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiya fuqaroligini olgan qariyb 10 ming muhojir maxsus harbiy operatsiya (Rossiya hukumati Ukrainada olib borayotgan urushini shunday ataydi – Azon Global) ishtirokchisi boʻlganini maʻʻlum qilgan.

Yanvarʻ oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushda qatnashgan chet elliklar uchun Rossiya pasportini olish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi. 

Mavzuga aloqador