29.10.2024 12:40

Ilk bor Chechenistonga uchuvchisiz uchoq hujumi uyushtirildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Spetsnaz” universiteti hududiga uyushtirilgan uchuvchisiz uchoq hujumi oqibatlari haqida maʻʻlumot berdi. Uning maʻʻlum qilishicha, hujum boʻsh binoga qaratilgan va hech kim jabrlanmagan. Bu – Chechenistonga Ukraina tomonidan uyushtirilgan birinchi dron hujumi.

Gudermesdagi maxsus kuchlar universitetiga uchuvchisiz uchoq hujumi muassasa faoliyatiga taʻʻsir qilmadi – u odatdagidek ishlamoqda, deya maʻʻlum qildi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oʻzining Telegram-kanalida.

Checheniston rahbarining soʻzlariga koʻra, zarbalar universitet hududida joylashgan boʻsh turgan binoga berilgan. Hodisadan hech kim jabrlanmagan.

Qodirovning qoʻshimcha qilishicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, bundan maqsad hujumga aloqador barcha shaxslarni aniqlashdan iborat. Ayni paytda, “Baza” Telegram-kanali Gudermesdagi hujumga uchragan binoning yonayotgan tomini aks ettiruvchi kadrlarni joylashtirdi.

Kuzatuvchilarning taʻʻkidlashicha, Checheniston hududiga dushman dronlarining joriy hujumi birinchi marta qayd etilgan. Yozda Shimoliy Osetiyaga birinchi marta zarba berilgan edi.

 

Mavzuga aloqador