24.02.2025 17:15
389

Trampdan talab, "Tolibon"dan yana rad javob

AQSh prezidenti Donalьd Tramp "Tolibon"dan qurollarini qaytarishni yana bir bor talab qildi. 

“Biz Afgʻonistonga 2-2,5 milliard dollar yordam beramiz, bu yaxshi, lekin men ular qurollarimizni qaytarib berishlarini xohlayman... Ularda tanklar, yuk mashinalari, qurollar, tungi koʻrish uskunalari bor. Biznikidan yaxshiroq. Shundoqqina yangi qutidan ochilgan. Bu aql bovar qilmaydigan narsa. Men bu uskunalarni qaytarib olmoqchiman", degan Tramp yillik Konservativ siyosiy harakatlar konferentsiyasida.

Afsuski, Tramp amerikaliklar Afgʻoniston xalqining qanchadan-qancha pullarini oʻgʻirlagani haqida gapirmadi. 2021 yilda "Tolibon" hokimiyatga kelganidan soʻng, Vashington Amerika banklarida saqlanayotgan Afgʻonistondagi 10 mlrd dollardan ortiq aktivlarni muzlatib qoʻygan.

"Amerikaliklar qoldirib ketgan qurollar urush oʻljasi boʻlib, afgʻon xalqining qonuniy mulki hisoblanadi. Agar kimdir ularni bizdan tortib olishga urinsa, aynan oʻsha qurollardan foydalanib javob beramiz", degan bunga javoban "Tolibon" rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid.

Maъlumot uchun, "Tolibon" avvalroq AQSh mamlakatga moliyaviy yordam berayotganini rad etgan edi.

Mavzuga aloqador