20.02.2025 07:45

Tramp Zelenskiyni «saylovlarsiz diktator» deb atadi

Donalьd Tramp Ukraina prezidentini Vladimir Zelenskiyni saylov tkazishdan bosh tortayotgani uchun «diktator» va «kichik muvaffaqiyatga erishgan komediyachi» deb atadi. Shuningdek, Zelenskiy urushga ajratilgan mablagʻlarning yarmi “yoʻqolganini” tan olganini aytdi.

AQSh prezidenti Donalьd Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni saylov oʻtkazishdan bosh tortayotgani uchun “saylovlarsiz diktator deb atadi. Shuningdek, Zelenskiy AQShni «gʻalaba qozonib boʻlmaydigan va boshlanishi kerak boʻlmagan» urushga 350 milliard dollar sarflashga «koʻndirgan»ini iddao qilmoqda.

Trampning soʻzlariga koʻra, AQSh Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun Evropadan koʻra 200 milliard koʻproq mablagʻ sarflagan, ammo evaziga hech narsa olmaydi. AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden bu borada «muvozanatni saqlash»ni talab qilmagan.

AQSh prezidenti, shuningdek, Zelenskiyni «kichikkina muvaffaqiyatga erishgan komediyachi» deb atadi.

«Axir bu urush bizdan koʻra Evropa uchun muhimroq — bizda toʻsiq sifatida ulkan ajoyib okean bor. Bundan tashqari, Zelenskiy biz unga yuborgan pullarning yarmi „yoʻqolganini“ tan oladi. U saylov oʻtkazishdan bosh tortmoqda, uning ukrainaliklar orasida reytingi juda past va u uddalagan yagona narsasi — „Baydenni skripka chalgandek chalish“

Tramp Zelenskiy shoshilgani maъqulligi, aks holda uning mamlakati omon qolmasligini taъkidladi.

“Ayni paytda Rossiya bilan urushni tugatish boʻyicha muzokaralarni muvaffaqiyatli olib bormoqdamiz. Buni faqat Tramp va Trampning maъmuriyati uddalay olishini hamma tan oladi. Bayden hech qachon urinib koʻrmagan, Evropa tinchlikka erisha olmagan, Zelenskiy esa „moliyaviy oqim“ davom etishini xohlayotgan boʻlishi mumkin. Men Ukrainani yaxshi koʻraman, lekin Zelenskiy buni yaxshi uddalay olmadi, uning mamlakati vayron boʻldi va millionlab odamlar behuda halok boʻldi — bu davom etmoqda», — deb yozdi Tramp TruthSocial ijtimoiy tarmogʻida.

Mavzuga aloqador