13.02.2025 10:14
188

Tramp va Putin telefon orqali Ukraina mojarosini hal etish boʻyicha kelishib oldi



12 fevralь kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali qariyb bir yarim soat davom etgan suhbat oʻtkazishdi. Davlat rahbarlari Ukrainadagi mojaroni muhokama qilib, uni tinch yoʻl bilan hal etish zarurligini taъkidlashdi.

Tomonlar oʻz jamoalariga zudlik bilan muzokaralarni boshlashni topshirishga kelishib oldi. Suhbat davomida Tramp va Putin Yaqin Sharqdagi vaziyat, energetika, sunъiy intellekt va dollarning mustahkamligi masalalarini ham muhokama qilishdi.

Kremlь va Vashington rasmiylari suhbatda Rossiya va AQSh oʻrtasidagi fuqarolarni almashish masalasini ham muhokama qilganini maъlum qildi. Rossiya prezidenti matbuot xizmatiga koʻra, Putin va Tramp oʻzaro tashriflar tashkil etishga kelishib olgan.

Suhbatdan soʻng, Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qoʻngʻiroq qilib, muzokaralar jarayoni boshlanishi haqida xabar berdi.

Mavzuga aloqador