Tramp Gʻazodagi sulhning davom etishiga ishonchi komil emasligini aytdi
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Gʻazodagi sulhning davom etishiga ishonchi komil emasligini aytib, "Bu bizning urushimiz emas. Bu ularning urushi", - dedi.
AQSh prezidenti
Donalʻ Tramp “Oval
Ofis”da koʻplab
prezident farmonlarini imzolash marosimida kun tartibi haqida matbuot
vakillariga qisqa bayonotlar berdi.
Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi saqlanib qolishiga
ishonchingiz komilmi,
degan savolga Tramp: "Ishonmayman. Bu bizning urushimiz emas. Bu ularning
urushi, - deya javob berdi. - Menimcha, boshqa tomon (HAMAS) juda zaiflashdi”.
“Men Gʻazoning suratiga qaradim. Gʻazo katta vayronagarchilik
hududidir. Aslida, uni boshqacha tarzda qayta qurish kerak”, - degan Tramp Gʻazoni qayta qurishga
yordam berishi mumkinligini taʻʻkidladi.
"Gʻazo qiziqarli joy, - deya soʻzini
davom etdi Tramp. - Dengiz
boʻyida ajoyib joy va ajoyib atmosferaga ega. U erda juda koʻp yaxshi narsalarni qilish
mumkin, Gʻazoda
haqiqatan ham yaxshi narsalarni qilish mumkin”.