Dunyoning taqdiri oʻzgaradimi: Tramp inauguratsiya marosimida nimalar dedi?
AQSh prezidentiligi lavozimiga kirishgan Donald Tramp inauguratsiya marosimida avvalgi hukumatni tanqid qilib, Amerikaning yangi oltin asri boshlanganini taʻʻkidladi. U oʻlim jazosini federal miqyosda qayta tiklash, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga vaʻʻda berdi.
20 yanvarʻ kuni Donalʻd Tramp AQShning 47-prezidenti sifatida rasman faoliyatini
boshladi. U inauguratsiya marosida nutq soʻzlab, prezidentlik davrida nimalar
qilishni rejalashtirayotganini qisqacha taʻʻkidlab oʻtdi.
Tramp nutqidan iqtiboslar
Toki
farzandlarimiz va siz munosib boʻlgan kuchli, xavfsiz va farovon Amerika
qurmagunimizcha tinchlanmayman. Bu haqiqatan ham Amerikaning oltin asri boʻladi.
Adliya
vazirligi va hukumatimizdan buzuqlik, shafqatsizlik va adolatsizlik yoʻlida qurol
sifatida foydalanish toʻxtatiladi.
Hukumatimiz
ishonch inqiroziga duch keldi. Koʻp yillar davomida radikal va korruptsiyalashgan
tuzum fuqarolarimizdan hokimiyat va boylikni tortib oldi, shu bilan birga,
jamiyatimiz ustunlari qulatilib, aftidan, butunlay tanazzulga yuz tutdi.
Endi esa hukumatimiz chet ellarda uzluksiz davom etayotgan
falokatlar ketma-ketligi qarshisida qolib, bir vaqtning oʻzida oʻz uyidagi oddiy
inqirozni ham hal qila olmayapti. Hukumatimiz ulugʻvor, qonunga itoatkor Amerika
fuqarolarini himoya qila olgani yoʻq, lekin mamlakatimizga butun dunyodan
noqonuniy ravishda kirib kelgan, qamoqxona va ruhiy kasalliklar muassasalariga
taalluqli, xavfli jinoyatchilarga boshpana va himoya bermoqda.
Yoki Los Anjelesni olaylik, bir necha hafta davomida fojiali
tarzda yonayotgan yongʻinlarni kuzatib turibmiz, hech qanday himoyaga ishoralar yoʻq. Hech
kim bunga qarshi hech narsa qilolmayapti. Va bu holat oʻzgaradi.
Sogʻliqni saqlash tizimimiz tabiiy ofatlarga bardosh bera
olmayapti, shu bilan birga, unga dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda koʻproq
pul sarflanmoqda. Taʻʻlim tizimimiz esa farzandlarimizga oʻzlaridan uyalishni, koʻp
hollarda, biz jon-jahdimiz bilan ularga berishga harakat qilayotgan
muhabbatimizga qaramay, oʻz mamlakatidan nafratlanishni oʻrgatyapti. Bularning
barchasi bugundan boshlab va juda tez oʻzgaradi.
Biz vatanimizni unutmaymiz. Konstitutsiyamizni ham, Xudoni ham
unutmaymiz. Bunday qilish mumkin emas.
Janubiy
chegaramizda favqulodda holat eʻʻlon qilaman. Barcha noqonuniy kirishlar zudlik
bilan toʻxtatiladi va million-million jinoyatchi chet elliklarni kelgan joylariga
qaytarish jarayonini boshlaymiz.
«Meksikada qolish» siyosatimni tiklaymiz. «Tutdik va qoʻyib yubordik»
amaliyotiga chek qoʻyaman. Men mamlakatimiz tomon halokatli bostirib kirishni
toʻxtatish uchun janubiy chegaraga qoʻshin yuboraman.
Kartellarni
xorijiy terroristik tashkilotlar deb tan olamiz.
AQSh
hududiga, jumladan, shaharlarimiz va ichki shaharlarimizda halokatli jinoyatchilikni
keltirib chiqaruvchi barcha xorijiy toʻdalar va jinoiy tarmoqlarni yoʻq qilish uchun
buyruq beraman.
Er
yuzidagi barcha mamlakatlar orasida eng koʻp neftʻ va gaz mavjud va biz bundan
foydalanamiz. Narxlarni pasaytiramiz, strategik zaxiralarimizni yana eng yuqori
darajagacha toʻldiramiz va Amerika energiyasini butun dunyoga eksport qilamiz.
Boshqa
mamlakatlarni boyitish uchun fuqarolarimizga soliq solish oʻrniga, fuqarolarimizni
boyitish uchun xorijiy davlatlarga soliq va bojlar solamiz. Xorijiy
manbalardan gʻaznachiligimizga tushadigan juda katta mablagʻlar boʻladi.
Bugundan
boshlab Qoʻshma Shtatlar hukumatining rasmiy siyosati faqat ikki jins mavjudligiga
tayanadi: erkak va ayol.
2017 yildagi kabi, biz yana dunyo koʻrgan eng kuchli armiyani
quramiz. Oʻz
muvaffaqiyatimizni nafaqat janglardagi gʻalabalarimiz bilan, balki tugallagan
urushlarimiz va, ehtimol, eng muhimi, hech qachon qatnashmaydigan urushlarimiz bilan
ham oʻlchaymiz.
Tez orada biz Meksika koʻrfazining nomini Amerika koʻrfaziga
oʻzgartiramiz va buyuk prezident Uilʻyam Mak-Kinli nomini Mak-Kinli togʻiga
qaytarib beramiz.
Panama kanalini Xitoy boshqarmoqda, biz esa uni Xitoyga
bermagandik, Panamaga bergandik va endi uni qaytarib olamiz.
Biz birgalikda surunkali kasalliklar epidemiyasiga chek qoʻyamiz
va farzandlarimizni xavfsiz, sogʻlom va kasalliklardan xoli tarzda saqlaymiz.
Qoʻshma
Shtatlar yana oʻzini boyligimizni oshiradigan, hududlarimizni kengaytiradigan,
shaharlar quradigan, umidlarimizni oshiradigan va bayrogʻimizni yangi va goʻzal
ufqlarga olib chiqadigan mamlakat deb biladi.
Amerikalik
astronavtlarni Mars sayyorasiga yulduzli va yoʻl-yoʻl bayroqni oʻrnatish uchun yuborib,
yulduzlar tomon yoʻlni davom ettiramiz.