30.04.2025 10:42
81

Tramp: “Putin meni aldadi”

AQSh prezidenti Donald Tramp ABC News telekanaliga bergan intervьyusida Vladimir Putinning Rossiya-Ukraina urushini toʻxtatishni xohlashiga ishonishini bildirdi.


Intervьyu davomida jurnalist Trampning ilgari aytgan fikrini eslatdi — u Putin tomonidan Ukrainaga qarshi amalga oshirilgan soʻnggi raketa hujumlari “asabiylashtiruvchi va sababsiz” ekanini taъkidlagan edi. 


Shuningdek, Tramp oʻshanda Putin “urushni toʻxtatishni istamayotgandir, balki meni shunchaki aldayotgandir”, degan edi. Shu bois, jurnalist AQSh prezidentidan: “Putin sizni aldadimi?” deya ochiq soʻradi.


Bunga javoban Tramp, “Ha, ehtimol, u meni biroz aldayotgandir. Shunday boʻlsa ham, menimcha, u urushni toʻxtatishni xohlaydi”, degan. 


Shuningdek, Oq uy rahbari Putinning asl maqsadi Ukraina hududining barchasini egallash boʻlganini taъkidladi.


Bundan tashqari, Tramp Rossiya Ukrainaga keng koʻlamli bostirib kirishiga aynan AQSh prezidenti Jo Baydenning zaif siyosati sabab boʻlganini aytgan.


Maъlumot uchun, kecha tunda Xarьkov shahri dronlar hujumiga uchradi. Favqulodda vaziyatlar xizmati xabariga koʻra, shaharning bir nechta hududlariga zarbalar yoʻnaltirilgan. Oqibatda, shaharda 10 ta yongʻin yuzaga kelgan.


Dronlarning biri tibbiyot muassasasi yaqinida qulagan boʻlsa, yana biri koʻp qavatli turar joy binosiga tushgan. 


Xarьkov viloyati harbiy maъmuriyati rahbarining bugun tongida bergan rasmiy bayonotiga koʻra, hujum oqibatida jami 45 kishi jabrlangan.

Mavzuga aloqador