AQSh Rossiya uchun yana bir cheklovni kiritdi
AQSh hukumati “tashvish uygʻotuvchi davlatlar” — Xitoy, Kuba, Eron, Venesuela va Rossiya olimlari hamda tashkilotlari uchun yirik tibbiy maъlumotlar bazalariga kirishni chekladi.
AQSh Milliy sogʻliqni saqlash institutlari (SSI) esa oʻz bayonotida “nazorat ostidagi maъlumotlar omborlari”ga kirish huquqi cheklanganini tasdiqladi, deb xabar berdi “Kommersant” gazetasi.
Nashrga koʻra, ushbu yopiq maъlumotlar bazalarida amerikalik fuqarolar haqida muhim axborotlar — spirtli ichimlik yoki narkotik moddalarga qaramlik, onkologik va boshqa ogʻir kasalliklar, jumladan Parkinson va Altsgeymer xastaligi tashxisi qoʻyilgan shaxslar haqidagi maъlumotlar saqlangan.
"Kommersant" bilan suhbatlashgan olimlarning taъkidlashicha, ushbu maъlumotlarga kirish imkoniyatining yoʻqligi Rossiyada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni va yangi dori vositalarini ishlab chiqishni ancha qiyinlashtiradi.