Tramp muhojirlarni «hayvonlar» deb atadi
AQShning sobiq prezidenti va boʻlajak saylovlarda prezidentlikka ehtimoliy nomzod Donalʻd Tramp saylovchilar bilan uchrashuvda muhojirlarni bir necha bor “hayvonlar” deb atadi. Shuningdek, u Lotin Amerikasi davlatlarini oʻz jinoyatchilarini ataylab AQShga joʻnatayotganlikda aybladi.
AQShning
sobiq prezidenti va boʻlajak saylovlarda prezidentlikka ehtimoliy nomzod Donalʻd
Tramp Michigandagi tadbirda huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birga paydo
boʻldi va immigratsiya nazoratini kuchaytirish zarurligini taʻʻkidlab, boshqa millat
vakillari tomonidan sodir etilgan bir qancha jinoyatlarni sanab oʻtdi.
TRT`ning
yozishicha, muhojirlar tomonidan sodir etilgani aytilayotgan bir qancha jinoyatlarni
sanab oʻtgan Tramp noqonuniy muhojirlar hayvonlardir degan xulosaga keldi.
“Demokratlar ularni “hayvon”
demanglar, ular odamlardir, deyishadi.
Lekin men: yoʻq, ular odamlar emas, ular odamlar emas, ular hayvonlar, deb aytaman. [...] Men
«hayvon» soʻzini ishlataman, chunki ular shunday”, — dedi AQShning sobiq prezidenti.
Donalʻd
Tramp oʻz chiqishlarida tez-tez Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib oʻtgan
muhojirlar oʻz mamlakatlaridagi qamoqxonalardan qochib, AQShda jinoyatchilik,
jumladan, zoʻravonlik jinoyatlarining koʻpayishiga hissa qoʻshayotganini taʻʻkidlaydi. Biroq odatda oʻz tezislarini
tasdiqlovchi statistik maʻʻlumotlarni keltirmasdan, faqat alohida voqealar
misollari bilan cheklanadi.
Shuningdek,
u seshanba kuni Lotin Amerikasi davlatlari oʻz jinoyatchilarini ataylab AQShga
joʻnatayotganini yana bir bor taʻʻkidladi.
Qoʻshma
Shtatlardagi jinoyatchilarning immigratsiya maqomi toʻgʻrisida mavjud maʻʻlumotlar kam
boʻlsa-da, tadqiqotchilarning taʻʻkidlashicha, AQShda noqonuniy yashovchi odamlar amerikaliklarning
oʻziga qaraganda koʻproq zoʻravonlik jinoyatlarini sodir etmaydi.