15.03.2025 17:33
Tramp maъmuriyati qirqdan ortiq mamlakat aholisi uchun AQSh eshiklarini yopmoqchi
Maъlumotlarga koʻra, AQSh prezidenti Donalьd Tramp maъmuriyati 43 ta davlat fuqarolari uchun AQShga kirishni cheklashni rejalashtirmoqda. Bu davlatlar uchta toifaga boʻlingan: "qizil", "toʻq sariq" va "sariq". Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda qayd etilmagan, yaъni Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan AQShga kirish boʻyicha hech qanday cheklovlar koʻzda tutilmagan.
"Qizil" roʻyxatga kiritilgan 11 davlat fuqarolari uchun AQShga kirish toʻliq taqiqlanadi. Bu davlatlar quyidagilar: Afgʻoniston, Butan, Kuba, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Suriya, Venesuela va Yaman.
"Oranj" roʻyxatga kiritilgan 10 davlat fuqarolari uchun vizalar berishda cheklovlar joriy etiladi. Bu davlatlar orasida Belarusь, Eritreya, Gaiti, Laos, Mьyanma, Pokiston, Rossiya, Sьerra-Leone, Janubiy Sudan va Turkmaniston bor.
"Sariq" roʻyxatga kiritilgan 26 davlatga 60 kun ichida xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun muddat berilgan, aks holda ular ham cheklovlarga duch kelishi mumkin. Bu davlatlar roʻyxatida Oʻzbekiston qayd etilmagan.
Shuningdek, Turkiya "yashil" roʻyxatda joylashgan boʻlib, bu mamlakat fuqarolari uchun hech qanday cheklovlar koʻzda tutilmagan.
Maъlumotlarga koʻra, ushbu roʻyxat hali ham tasdiqlanmagan va oʻzgarishi mumkin.