10.02.2025 17:00
278
Tramp Gʻazoni sotib olmoqchi
AQSh prezidenti Donalьd Trampning aytishicha, AQSh Gʻazoni "sotib olish va egalik qilish" majburiyatini oldi
Prezident Tramp Gʻazo sektorini qayta tiklash va nazorat qilish boʻyicha bahsli fikrlarini bildirib, uni "katta koʻchmas mulk obъekti" sifatida koʻrish mumkinligini aytdi.
Tramp yakshanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda AQSh Gʻazoni "sotib olish va egalik qilish" fikriga sodiq ekanini taъkidladi. Shuningdek, u Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlar, jumladan, Iordaniya va Misr Gʻazoning tiklanishida muhim rolь oʻynashi mumkinligini ham qoʻshimcha qildi. Gʻazoliklar boshqa varianti yoʻqligi sababli gʻazoga qaytishmoqda, agar ularga boshqa joydan boshpana berilsa ular gʻazoga qaytmaydi dedi shoumen.
Vashington rasmiylari hozircha Trampning takliflariga rasmiy izoh bermagan.