04.09.2025 14:42
118
Tramp AQSh qurolli kuchlariga Rossiya va Xitoyga qarshi tayyor turishni buyurdi
Donald Tramp Pentagonga AQSh qurolli kuchlarini qayta qurish va zarurat tugʻilganda Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun tayyorlashni topshirdi.
AQSh mudofaa vaziri Pit Hegsetning aytishicha, Oq uyning avvalgi maъmuriyati layoqatsizligi sabab Rossiya va Xitoy oʻzaro yaqinlashgan.
Vazir shu bois ham Tramp mudofaa vazirligiga harbiy ruhni tiklash va raqib davlatlarni tiyib turish uchun AQSh qurolli kuchlarini qayta qurishni buyurgan.
Uning qoʻshimcha qilishicha, bu Qoʻshma Shtatlar tomonidan mojarolarning oldini olishga qaratilgan harakatdir.
"Namoyishlar va harbiy paradlar - bu normal holat, ammo ular harbiy mojarolarga aylanib ketmasligi kerak", degan Hegset.