29.12.2023 13:01

Qozogʻiston “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqaradi

Qozogʻiston “Tolibon”ni mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishini maʻʻlum qildi.

 

Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarov «Tolibon» harakati (qator mamlakatlarda terrorchi tashkilot sifatida tan olingan) mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarilishini maʻʻlum qildi. Bu haqda u Kazinform davlat agentligiga bergan intervʻyusida aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari milliy roʻyxatini yangilash maqsadida muntazam ravishda koʻrib chiqadi va ushbu jarayon doirasida «Tolibon»ni undan chiqarib tashlashga qaror qilingan.

“BMT Xavfsizlik Kengashining majburiy rezolyutsiyalariga koʻra, Tolibon harakati BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilmagan”, — dedi u.

Smadiyarovning taʻʻkidlashicha, siyosiy aloqalarga kelsak, Qozogʻiston Xavfsizlik Kengashi va BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalarga “qatʻʻiy amal qiladi”.

Mavzuga aloqador