05.04.2024 10:27

Tojikistonlik armiyada xizmat qilishni istamagani uchun Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

Tojikistonlik 23 yoshli yigit harbiy xizmatdan boʻyin tovlagani uchun Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi. Uning pasporti musodara qilingan va tez orada mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Skopinskiy tumanida harbiy xizmatdan boʻyin tovlagani uchun sudlangan tojikistonlik Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi. Bu haqda Tergov qoʻmitasining Ryazan viloyati boʻyicha tergov boshqarmasi oʻzining Telegram-kanalida xabar berdi.

Yigit 2022 yil 6 mayda Rossiya fuqaroligini olgan. Tekshiruv davomida uning Rossiyada harbiy xizmatda qatnashish majburiyati boʻlaturib, harbiy xizmatga chaqiruv bilan bogʻliq tadbirlarga chaqiruv boʻyicha harbiy komissariatga kelmagani aniqlangan. Sud uni harbiy xizmatdan boʻyin tovlaganlikda aybdor deb topdi va jarimaga tortdi.

Xizmatdan boʻyin tovlagani uchun tojikistonlik “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi modda boʻyicha Rossiya fuqaroligidan mahrum qilingan.

Bir kun oldin yigitning pasporti musodara qilingan va u tez orada mamlakatdan deportatsiya qilinadi.

Mavzuga aloqador