05.02.2024 18:10

Texas gubernatori va AQShning 14 shtatlari rahbarlari Baydenga qarshi birlashdi

Texas gubernatori va AQShning 14 shtatlari rahbarlari Baydenga qarshi birlashdi

Texas gubernatori Greg Ebbott va 14 shtatning respublikachi gubernatorlari qoʻshma matbuot anjumani tashkil qilishdi va shu bilan Baydenga chegaradagi vaziyat boʻyicha umumiy pozitsiyaga ega ekanliklarini bildirishdi.

Texas shtati gubernatori Greg Ebbott Meksika bilan chegaradosh Igl Pass shahrida AQSh prezidenti Jo Baydenning noqonuniy migratsiya masalasidagi pozitsiyasiga norozilik sifatida matbuot anjumani oʻtkazdi, deya yozmoqda Anadolu.

Texas rahbarini qoʻllab-quvvatlash belgisi sifatida Jorjiya, Arkanzas, Indiana, Missuri va Tennessi va boshqa shtatlarning gubernatorlari kameralar qarshisida suratga tushishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Ebbott Oq uy rahbarini tanqid qildi. Shtat rahbarining aytishicha, Vashington chegara xavfsizligini taʻʻminlamagani uchun bu masʻʻuliyat ularning zimmasiga tushgan.

Ebbottning ishontirishicha, bundan buyon Igl Passda yigʻilgan shtatlar rahbarlari boshqa respublikachi gubernatorlar bilan birgalikda Baydenga qarshi chegara xavfsizligi masalalarida harakat qilishadi.

Boshqa narsalar qatorida, Ebbott shtatning Meksika bilan chegarasi boʻylab tikanli simlarni yanada koʻproq uzaytirishga va umuman, noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun barcha zarur choralarni koʻrishga vaʻʻda berdi.

Ebbottning taʻʻkidlashicha, shtat kuchlari Oliy sud federal zobitlarga kirishga ruxsat bergan Shelbi bogʻiga kirishlarni nazorat qilishda davom etadi.

"Biz kerak boʻlganda shu erda boʻlamiz", dedi u. Boshqa respublikachi gubernatorlar ham Bayden maʻʻmuriyatini keskin tanqid qilib, uni noqonuniy immigratsiyaning oldini olish masalasida harakatsizlikda aybladi.

Respublikachi gubernatorlar Texas gubernatori Ebbottga kerak boʻlganda Milliy gvardiya va boshqa qoʻshinlar yuborishga vaʻʻda berishdi.

AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati va Texas gubernatori oʻrtasida Meksika bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan keskinlik davom etmoqda.

Texas gubernatori Greg Ebbott federal hokimiyat organlari bilan ommaviy mojaroga kirishdi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun Meksika bilan chegarada tikanli simlarini oʻrnatishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi Oliy sud qarorini bajarishdan bosh tortdi.

AQShda migratsiya masalasida Texas shtati va federal hukumat oʻrtasidagi kelishmovchilik haqida koʻproq maʻʻlumot olishni istasangiz, Azon Global tahlilchisi Muhammad Dovud Asadullohning quyidagi sharhini oʻqing.

AQShda migrantlar inqirozi Texas va Bayden maʻʻmuriyati oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirmoqda

Mavzuga aloqador