12.07.2025 07:23
27

Tayvan Amerikadan olgan tanklarini namoyish qildi


Tayvan hukumati mamlakat tarixidagi eng yirik “Xanьguan” nomli harbiy mashgʻulotlarni boshladi.

Tayvan rahbari Lay Tsinde ushbu mashgʻulotlar doirasida Amerikada ishlab chiqarilgan Abrams M1A2T tanklarining jangovor oʻq otishini kuzatdi.

Gap shundaki, Taybey AQShdan 1,45 milliard dollarlik 108 ta zamonaviy jangovor tank sotib oldi, bu esa orolning yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalari joylashgan shimoliy qismi mudofaasini anchagina mustahkamladi.

Tayvan harbiy arsenali F-16V tipidagi qiruvchi samolyotlar, HIMARS raketa tizimi va maxfiy dronlar bilan ham boyitilgan.

Xitoy Tayvanni separatistik provintsiya deb hisoblaydi va orol ustidan nazorat oʻrnatish uchun kuch ishlatish bilan tahdid qilmoqda. Pekin bu harbiy mashqlarni "absurd" deb atadi va ular orolni egallash maqsadiga taъsir qilmasligini taъkidlagan.

Maъlumot uchun, ayni damda AQSh Tayvanning eng yirik qurol etkazib beruvchisi boʻlib qolmoqda. Shunga qaramay, Vashington Xitoy hujumi yuz bergan taqdirda toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuv borasida aniq pozitsiyasini bildirmayapti.

Mavzuga aloqador