19.03.2024 07:15

Taniqli reper Islomni qabul qildi

Dunyoga mashhur amerikalik reper va “janr otasi” Jonatan Smit (Lil Jon) Kaliforniyadagi Qirol Fahd masjidida arab va ingliz tillarida shahodat aytib, Islomni qabul qildi. Uning shaholat kalimasini keltirgani aks etgan videoyozuvga ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabatda boʻlindi, biroq muxlislarining aksariyati qoʻshiqchining qarorini qoʻllab-quvvatladi.

Dunyoga mashhur amerikalik reper va “janr otasi” Jonatan Smit (Lil Jon) Kaliforniyadagi Qirol Fahd masjidida arab va ingliz tillarida shahodat aytib, Islomni qabul qildi.

Qoʻshiqchining masjid imomi ortidan shahodat kalimasini aytayotgani aks etgan videoga ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabat bildirildi, biroq obunachilarining aksariyati uni qoʻllab-quvvatladi.

Jon Ramazon oyining birinchi haftasida amerikalik yozuvchi va faol Shon Kingdan keyin Islomni qabul qilgan ikkinchi taniqli amerikalik boʻldi. Shunday qilib, u Islomni qabul qilgan Klarens Zeedorf, Endryu Teyt, Kevin Li, Jervont Devis, Tomas Parti kabi mashhurlar safidan oʻrin oldi.

Lil Jon mashhur " Lil Jon & the East Side Boyz" guruhining frontmeni edi, uning videolari oʻnlab va yuzlab mln marta tomosha toʻplagan. Bundan tashqari, Lil Jon janrning ommalashuviga oʻz hissalarini qoʻshgan Pitbull, Bay Area, Too Short, E-40 va boshqa sanʻʻatkorlarning qaydlariga prodyuserlik ham qilgan.

Mavzuga aloqador