13.03.2024 12:30

Harvard universiteti professori, taniqli olim Islomni qabul qildi

Harvard universiteti professori, taniqli olim Islomni qabul qildi

Harvard universiteti professori, oʻzak hujayralari sohasidagi mashhur olim Henri Larson islomni qabul qildi. U hijriy 1445 yil Ramazon oyining birinchi kunida roʻza tutdi va tarovih namozini oʻqidi, tez orada Umra ibodatini ado etadi.

Garvard universiteti professori, mashhur olim Henri Larson islomni qabul qildi. Bu haqda Islam News xabar bermoqda.

U ildiz hujayralari tibbiyoti sohasidagi etakchi olim, Garvard universiteti professori va yaqinda AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan ruxsat olgan irsiy koʻrlikni davolash uchun ildiz hujayrali dori ixtirochisi hisoblanadi.

Avvalroq amerikalik taniqli faol, yozuvchi va sobiq pastor Shon King Ramazon oyining birinchi kuni turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda shahodat kalimasini keltirib, musulmon boʻlishganini eʻʻlon qilishgani haqida xabar bergan edik.

Qayd etish joizki, Isroilning ishgʻol ostidagi Gʻazo sektorida amalga oshirayotgan genotsidi fonida butun Gʻarb dunyosida minglab kishilar, jumladan, taniqli insonlar, mashhur sportchilar Islomni qabul qilmoqda.

Mavzuga aloqador