18.02.2025 14:00

"Starbucks isroilni qoʻllamaydi": kompaniya direktori boykotdan nolidi


 
Starbucks bosh direktori Brayan Nikkol isroilning Gʻazo sektoridagi genotsidi sabab kompaniyaning boykotga uchrashi brendga oʻta yomon taъsir qilayotganini tan oldi. 

Uning taъkidlashicha, "Starbucks hech qachon hech qanday harbiy tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlamagan". Biroq u bosqinchi isroil askarlari kompaniya mahsulotlarini koʻz-koʻz qilib suratga tushayotganini izohlamagan.

Brayanning gaplariga oʻta soddadillik bilan ishongan taqdirimizda ham, ushbu kompaniya LGBT harakatining ashaddiy homiysi sanladi. Kompaniya har yili oʻz daromadidan maъlum bir ulushni LGBT ni rivojlantirish uchun sarf qiladi. Kompaniya, shuningdek, jinsini oʻzgartirmoqchi boʻlgan xodimlarining xarajatlarini sugʻurta hisobidan qoplab kelmoqda.

Mavzuga aloqador