27.09.2025 08:15
244

Starbucks boykot sabab qahvaxonalarini yopishga majbur boʻlmoqda



Starbucks Shimoliy Amerikada samarasiz ishlayotgan qahvaxonalarini yopadi va 900 ta ish oʻrnini qisqartiradi. Bu esa tarmoq bosh direktori Brayan Nikkol boshchiligidagi operatsiyalarni yaxshilash va boshqaruvni soddalashtirishga qaratilgan 1 mlrd dollarlik qayta qurish doirasida amalga oshirilyapti.  

Bu qadamlar kompaniya faoliyatini yaxshilash, xizmat koʻrsatish vaqtini qisqartirish va boshqaruvni optimallashtirishga qaratilgan.

Natijada kompaniyaning shoxobchalari soni taxminan 1% ga kamayishi, yil oxiriga qadar AQSh va Kanadada qariyb 18 300 ta nuqta qolishi kutilmoqda.

Shu bilan birga kompaniya global boykotlar bilan ham toʻqnashmoqda. Bunga sabab Starbucks'ning isroillik tadbirkorlar bilan hamkorligi va Gʻazoda sionistlarning harbiy jinoyatlarini qoʻllab-quvvatlashidir. Bu hamkorlik uning xalqaro obroʻsiga va sotuvlariga qoʻshimcha bosim oʻtkazmoqda.
  



Mavzuga aloqador