03.02.2024 18:00

Sobiq senator: AQShning Suriya va Iroqdan chiqib ketishiga Isroil lobbisi xalaqit bermoqda

Virjiniya shtatidan sobiq senator Richard Blek AQShning Suriya va Iroqdan chiqib ketishiga kuchli Isroil lobbisi qarshilik koʻrsatayotganini maʻʻlum qildi.

Virjiniya shtatidan sobiq senator Richard Blek AQShning Suriya va Iroqdan chiqib ketishiga kuchli Isroil lobbisi qarshilik koʻrsatayotganini maʻʻlum qildi.

“Sputnik” agentligi bilan suhbatda u AQSh aholisining katta qismi urushlar bilan ulgʻayganiga qaramasdan, lobbi faoliyatlari sababli chekinish qarorini berish juda qiyin ekanini taʻʻkidladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Iroq va Suriyadan qoʻshinlarni olib chiqib ketish istagida ekani, uning maʻʻmuriyatidagi baʻʻzilar ham bunga eʻʻtiroz bildirmasligiga qaramasdan, tashqi siyosatdagi hukmron guruh bunga yoʻl qoʻymasligi, “siyosiy elitalar sobiq prezident Donalʻd Trampga Suriyadan chiqib ketishga yoʻl bermagani singari, harbiylarning olib chiqilishiga toʻsqinlik qilishini” taʻʻkidladi.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin avvalroq yaqin kunlarda AQShning kelajakda Iroqda harbiy maqsadda boʻlib turishi masalasini muhokama qilish uchun AQSh‑Iroq ishchi guruhi yigʻilishi boʻlib oʻtishini maʻʻlum qilgan edi.

Oʻz navbatida, Iroq bosh vaziri Muhammad as‑Sudaniy AQSh boshchiligidagi harbiy kuchlarning mamlakat hududini tezroq va tashkiliy ravishda olib chiqilishiga harakat qilinayotganini tasdiqlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, Isroil Vashington biqinida Gʻazoga urush boshlaganidan buyon AQShning Suriyadagi bazalariga 98, Iroqdagi bazalariga 66 marta, jami 165 marta hujumlar uyushtirildi. Eng soʻnggi hujumlardan birida Suriya‑Iordaniya chegara hududidagi AQSh bazasiga uyushtirilgan hujumda 3 nafar amerikalik harbiy halok boʻldi, 30 dan ortigʻi jarohatlandi.

Mavzuga aloqador