17.06.2024 11:05
Shveytsariyada Ukraina boʻyicha tinchlik sammiti yakunlandi. Unda nimaga erishildi?
Shveytsariyada Ukraina boʻyicha tinchlik sammiti Byurgenshtok deklaratsiyasining imzolanishi bilan yakunlandi. Bu haqda mahalliy NZZ gazetasi yozdi.
Qayd etilishicha, Ukrainadagi harbiy harakatlarni toʻxtatish boʻyicha konferentsiyaning yakuniy deklaratsiyasini 101 delegatsiyadan 84 tasi qoʻllab-quvvatlagan.
Deklaratsiyani imzolashdan bosh tortganlar orasida Armaniston, Slovakiya, Janubiy Afrika, Hindiston, Vatikan kabi davlatlar bor.
Shartnomani Germaniya, AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Argentina, Qatar, Moldova kabi mamlakatlar imzolagan. Shuningdek, Evropa Ittifoqi, Evropa Kengashi, Evropa Parlamenti va Evropa Komissiyasi imzolagan tashkilotlar qatoriga kiradi.
Yakuniy deklaratsiyaning aniq mazmuni oshkor etilmagan.
"Atom energiyasi va yadro obʻʻektlaridan har qanday usulda foydalanish xavfsiz, ishonchli, himoyalangan va ekologik toza boʻlishi kerak. Oziq-ovqat xavfsizligi hech bir holatda qurolga aylanmasligi kerak. Savdo kemalariga, fuqarolik portlariga va marshrut boʻylab hujumlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Bundan tashqari, barcha harbiy asirlar ozod qilinishi shart. Barcha deportatsiya qilingan va noqonuniy koʻchirilgan ukrainalik bolalar va boshqa noqonuniy hibsga olingan ukrainalik fuqarolar vataniga qaytarilishi shart", deydi bu haqdagi jurnalistlarning savoliga javob bergan Shveytsariya Konfederatsiyasi prezidenti Viola Amxerd.
Avvalroq kommyunikeda Zaporojʻe atom elektr stantsiyasining ishlashi, yadro qurolidan foydalanish, Qora va Azov dengizlaridagi dengiz portlariga kirish, shuningdek, asirlarni ozod qilish kabi bir qancha masalalar boʻyicha mamlakatlar pozitsiyalari taqdim etilishi haqida xabar berilgandi.
Maʻʻlumot uchun, Shveytsariyaning Byurgenshtok shahridagi sammit 15-16 iyunʻ kunlari boʻlib oʻtmoqda. Dastlab sammitga 160 mamlakat va tashkilot taklif qilingan edi. Xitoy, Braziliya va Saudiya Arabistoni va boshqalar ishtirok etishdan bosh tortdilar. Rossiya sammitga taklif qilinmadi.