tinchlik sammiti

  • Shveytsariyada Ukraina boʻyicha tinchlik sammiti yakunlandi. Unda nimaga erishildi?

    Shveytsariyada Ukraina boʻyicha tinchlik sammiti Byurgenshtok deklaratsiyasining imzolanishi bilan yakunlandi. Yakuniy deklaratsiyaning aniq mazmuni oshkor etilmagan. Shunga qaramay, Shveytsariya prezidenti Viola Amxerd bu haqdagi savolga javob berib, "oziq-ovqat xavfsizligi hech bir holatda qurolga aylanmasligi kerakligi, savdo kemalariga, fuqarolik portlariga va marshrut boʻylab hujumlarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, barcha deportatsiya qilingan va noqonuniy koʻchirilgan ukrainalik bolalar hamda boshqa noqonuniy hibsga olingan ukrainaliklar vataniga qaytarilishi shartligi"ni aytib oʻtdi. Shuningdek, u atom energiyasi va yadro obʻʻektlari xavfsizligini taʻʻminlash masalasiga ham toʻxtalgan.

    Davomini o'qish...
    17.06.2024 11:05
  • Qozogʻiston Ukraina boʻyicha tinchlik sammitiga bormagani sababini aytdi

    Qozogʻiston TIV vakili Oybek Smadiyarovning maʻʻlum qilishicha, qoʻshni davlat xalqaro tadbirlar jadvali tigʻizligi sabab Shveytsariyada boʻlib oʻtgan tinchlik sammitida ishtirok etolmagan. U rasmiy Ostonaning yakuniy deklaratsiyaga qoʻshilish imkoniyatlari haqidagi savolga javob bera turib, "sammitda ishtirok etmagani uchun, bu borada hech nima deya olmasligi"ni qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida boʻlib oʻtgan sammitda 90 dan ortiq davlat va toʻrtta tashkilot vakillari ishtirok etdi. Kommyunikeni 92 davlatdan 80 tasi imzoladi. Sammitda Xitoy va Rossiya vakillari ham qatnashmadi.

    Davomini o'qish...
    19.06.2024 10:01