G7 davlatlari muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilish boʻyicha muzokaralarni boshladi
Katta ettilik mamlakatlari vakillari maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan soʻng muzlatib qoʻyilgan Rossiya aktivlarini musodara qilish boʻyicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
“Katta ettilik aʻʻzolari va mojarodan jabr koʻrgan boshqa
davlatlar Rossiyani oʻz tajovuzini toʻxtatishga majburlash chorasi sifatida Rossiya
suveren aktivlarini tortib olishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyaen yanvarʻ
oyida Ukrainaga 4 yillik dastur asosida 50 milliard evro ajratish boʻyicha kelishib olishning imkoni boʻlmasa, Evropa Ittifoqi Ukrainaga yordam berishning
muqobil variantlarini oʻylab topishi kerakligini maʻʻlum qilgandi. Uning taʻʻkidlashicha, yanvarda boʻlib oʻtadigan uchrashuvgacha
boʻlgan vaqtdan Evrokomissiya EIning yangi sammiti qarori qanday boʻlishidan
qatʻʻi nazar, operativ qarorlar tayyorlash uchun foydalanadi.