AQSh Ukrainaga 250 mln dollarlik yangi harbiy yordam ajratdi
AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) Ukrainaga 250 million dollar yangi harbiy yordam yuborilishini maʻʻlum qildi.
Ukrainaga
61 milliard dollarlik mudofaa yordami paketini yangi yil oldidan Kongress orqali
oʻtkaza olmagan AQSh maʻʻmuriyati Ukrainaga yangi harbiy yordam joʻnatishini eʻʻlon
qildi, deya xabar bermoqda Anadolu.
Pentagonning
yozma bayonotida aytilishicha, 250 mln dollarlik harbiy yordam paketiga erdan havoga
raketa sistemalari, Stinger raketalari, artilleriya oʻq-dorilari, tankka qarshi vositalar
va Ukraina armiyasiga zarur boʻlgan boshqa qurollar kiritilgani bildirildi.
Jo Bayden
maʻʻmuriyati Senatdagi respublikachilar tomonidan bloklangan Ukrainaga 61 mlrd
dollar qoʻshimcha yordam koʻrsatishni oʻz ichiga olgan paketni qabul qilish uchun yangi
yilda ishini davom ettirishi kutilmoqda.
Senatdagi
respublikachilar dekabrʻ oyining oxirgi kunlarida kun tartibiga kiritilgan qonun
loyihasini AQSh janubiy chegaralari xavfsizligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha
chora-tadbirlarni oʻz ichiga olmagani sabab qoʻllab-quvvatlamadi.