Sudanda ocharchilik rasman eʻʻlon qilindi
Sudanda rasman ocharchilik eʻʻlon qilindi. Mamlakatdagi harbiy guruhlar oʻrtasida 15 oydan ziyod vaqtdan buyon davom etayotgan ichki urushlar natijasida 48 millionlik aholining yarmidan koʻpi ochlikdan aziyat chekmoqda, har 10 ming kishidan ikki nafar katta yoshli yoki toʻrt bola har kuni toʻyib ovqatlanmaslik va ochlikdan vafot etmoqda.
Sudanning Darfur mintaqasida ocharchilik rasman eʻʻlon qilindi. Bu haqda TRT Norvegiya Qochqinlar
boʻyicha Sudan kengashi maʻʻlumotlariga tayanib xabar berdi.
Mamlakatda general Al-Burhon boshchiligidagi hukumat armiyasi va Tezkor Harakat Kuchlari (SDF)
oʻrtasida 15 oydan beri davom etayotgan fuqarolar urushi natijasida yuz minglab darfurliklar
qamalda qolib ketdi.
Shimoliy Darfurdagi Al-Fashir
shahri yaqinidagi “Zamzam” lageriga qochib kelgan odamlar iyunʻ
oyidan beri ochlikka duch kelishmoqda. Ularga oziq-ovqat yordami etib borayotgani yoʻq. Bu
ocharchilikning rasmiy eʻʻlon qilinishiga olib keldi, deya xabar berdi Norvegiya qoʻmitasi. “Zamzam” lageri yaqinda kengaytirildi va
hozirda 500 mingga yaqin kishini qabul qiladi.
Al-Fashir hududidagi yana ikkita
lagerʻ – Abu Shouk va Al-Salom ham ocharchilikka duchor boʻlishi mumkin, ammo
cheklangan maʻʻlumotlar buni tasdiqlashni qiyinlashtiradi.
Bugungi
zamonaviy dunyoda ocharchilik haqida rasman eʻʻlon qilish kamdan-kam
uchraydigan hodisa,
ammo bu butun dunyo eʻʻtiborini jalb qilish va donor hukumatlarni yordam
agentliklari uchun mablagʻni oshirishga undashga xizmat qilishi mumkin. Jahon miqyosida roʻy berayotgan yana ikkita
yirik urush (Gʻazo va Ukrainadagi
urushlar nazarda tutilmoqda – tahr.) hamda turli favqulodda
vaziyatlar tufayli Sudanga
zarur yordam etarli daraja etkazib berilayotgani yoʻq, deydi yordam agentliklari.
"Bu ocharchilik fojiali, halokatli va afsuski, oldindan
aytish mumkin, - deyiladi qoʻmita xabarida. -Bu biz kerakli barcha resurslarni olib
kelishimiz lozim
boʻlgan muhim daqiqadir".
Sudandagi
raqib harbiy guruhlar oʻrtasidagi urush bir vaqtlar dunyoning non savati
hisoblangan unumdor mamlakatda dunyodagi eng katta ochlik inqirozini keltirib
chiqardi. Jahon oziq-ovqat dasturiga koʻra, Sudanda 48 million aholining yarmidan
koʻpi ochlik xavfi ostida. Mamlakatda, shuningdek, dunyodagi eng yomon
qochqinlar inqirozi mavjud boʻlib, 10 milliondan ortiq odam oʻz uylarini tashlab
ketishga yoki qoʻshni davlatlarga qochishga majbur boʻldi.
Mutaxassislar ocharchilikni tasniflash uchun qatʻʻiy
metodologiyadan foydalanadi. Uy xoʻjaliklarining 20 foizi yoki hududdagi har
beshinchi kishi oziq-ovqat taqchilligiga duch kelganida, ocharchilik eʻʻlon qilinadi; Bolalarning
30% oʻtkir toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda; har 10 000 kishidan ikki
kattalar yoki toʻrtta bola har kuni toʻyib ovqatlanmaslik yoki ochlikdan vafot etmoqda.