Shotlandiyada masjiddan qaytayotgan musulmon oʻsmirga pichoq bilan hujum qilindi. Bola tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, politsiya tergov harakatlarini olib borib, atrofdagi videokameralar yozuvlarini oʻrganmoqda.

Shotlandiyada kechki ibodatdan uyiga qaytayotgan musulmon oʻsmir nomaʻʻlum jinoyatchining pichoq bilan hujumi qurboniga aylandi, deb xabar berdi Metro gazetasi.

Asli pokistonlik musulmon oiladan boʻlgan 13 yoshli bola Glazgodagi Kvins-Park masjididan uyiga ketayotganida unga pichoq bilan hujum qilingan. Hujum sodir etilgan vaqtda oʻsmir anʻʻanaviy musulmon kiyimida boʻlgan, deb yozadi Arab News.

Bola kasalxonaga yotqizilgan, hozirda uning ahvoli barqaror, hayotiga jiddiy tahdid yoʻq.

“Bola qochib, hayotini saqlab qolishga urinayotganda ogʻir tan jarohati olgan, orqasiga va butun tanasiga pichoq sanchilgan. Bitta chuqur kesish oʻpkaga taʻʻsir qilgan. Oʻtkinchi oila politsiya va tez yordam chaqirganida, u qonga belangan edi. Bola kasalxonada, u erda bir necha operatsiyalar oʻtkaziladi”, - deya maʻʻlum qilgan bolaning oilasiga tanish boʻlgan Alisha Ntayomba matbuotga.  

Politsiya tergovchisi Stiven Palmerning aytishicha, huquq-tartibot organlari tergov olib bormoqda va hududdagi videokuzatuv kameralari tasvirlarini koʻrib chiqadi.

Mavzuga aloqador