05.02.2025 11:14
388
Saudiya Trampning Gʻazo sektorini nazoratga olish haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
Saudiya Trampning Gʻazo sektorini nazoratga olish haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
AQSh sobiq prezidenti Donalʻd Tramp Gʻazo sektorini nazoratga olish va anklavni "tozalash" niyatida ekanligini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar bu hududda xavfsizlikni taʻʻminlash uchun qoʻshinlar yuborishi mumkin.
Tramp bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan oʻtkazgan matbuot anjumanida bildirdi. U, shuningdek, Falastin aholisini Iordaniya va Misrga koʻchirishni taklif qilgan va Gʻazo sektorini "Yaqin Sharq Rivierasi"ga aylantirish niyatida ekanini aytgan.
Trampning Gʻazo haqidagi bayonotlaridan soʻng, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
"Saudiya Arabistoni mustaqil Falastin davlati tuzilmaguncha Isroil bilan diplomatik aloqalar oʻrnatmaydi," – deyiladi rasmiy bayonotda.
Shuningdek, Ar-Riyod falastinliklarning huquqlarini poymol qiluvchi har qanday harakatlarni, jumladan, bosib olish va majburan koʻchirilishini qoralashini maʻʻlum qildi.
Taʻʻkidlanishicha, AQSh Senati va Vakillar palatasiga "Gʻarbiy Sohil" nomini "Iudeya va Samariya"ga oʻzgartirish haqidagi qonun loyihasi taqdim etilgan.
Tramp, shuningdek, Isroil, Saudiya Arabistoni va Gʻazoga tashrif buyurish niyatida ekanini maʻʻlum qildi. Biroq safarning aniq sanalarini oshkor qilmadi.