Shavkat Mirziyoev Haj va Umra ziyoratiga borib kelganlarning oʻzini koʻz-koʻz qilishini tanqid qildi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 dekabrʻ kuni Respublika Maʻʻnaviyat va maʻʻrifat kengashi yigʻilishida diniy eʻʻtiqod niqobi ostida yoshlarni maʻʻrifatga emas, jaholatga undayotgan kishilar paydo boʻlayotganini taʻʻkidladi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz “Oʻzbekiston 24” videolavhasiga asoslanib.
«Mana biz asosiy qonunimizdagi fundamental printsiplardan
kelib chiqib dunyoviy davlat kontseptsiyasini ishlab chiqyapmiz. Nima uchun bunga zaruriyat
tugʻilmoqda? Oʻzingiz koʻryapsiz, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali, asosan
chetdan, baʻʻzan hatto mamlakatimizning oʻzida ham konstitutsiya va qonunlarimizga
zid pozitsiyalar ilgari surilmoqda», — dedi prezident.
«Baʻʻzi guruhlar orasida diniy qarashlarini konstitutsiya va
qonunlarimizga qarshi hamda ulardan ustun qoʻyish holatlari kuchaymoqda. Diniy
eʻʻtiqod niqobi ostida yoshlarni maʻʻrifatga emas jaholatga undayotgan kishilar paydo
boʻlmoqda. Koʻp xotinlik, „ayol kishi ishlamasdan uyda oʻtirishi, oʻqimasligi kerak,
dunyoviy qadriyatlar harom“ degan soxta daʻʻvatlar yangramoqda. Ulugʻ maʻʻrifatparvar
Ibrat domlaning „Millatni kim isloh etar, ulamo gʻayrat etganda millat albatta
isloh topur“ degan hikmatli soʻzlarida chuqur maʻʻno bor», — dedi Mirziyoev.
«Fursatdan foydalanib, men muhtaram ulamolarimiz, din
peshvolarini inson qadrini ulugʻlash, tinchlik va bagʻrikenglik muhitini
mustahkamlashga qaratilgan islohotlarimizda faol boʻlishga, oʻzlarining maʻʻnaviy
fazilatlari bilan boshqalarga oʻrnak koʻrsatishga chaqiraman», — dedi davlat
rahbari.
Prezident, shuningdek, Haj va Umra ziyoratiga borib kelganlar
orasida oʻzini koʻz koʻz qilish, manmanlikka berilish kabi holatlar kuzatilayotganini
tanqid qildi.
«Maʻʻlumki keyingi yillarda Haj, Umra ziyoratlariga keng yoʻl
ochyapmiz, minglab fuqarolar mana shunday qutlugʻ ziyoratlarga borib kelayotganiga
hammamiz guvohmiz. Bu borada ilgari ham aytgan bir fikrimni takrorlamoqchiman:
Hajga, Umraga borib kelgan har bir yurtdoshimiz maʻʻnaviyat targʻibotchisi boʻlishi,
odamlarni yaxshilikka boshlashi kerak. Afsuski hamma joyda ham shunday boʻlmayapti.
Ziyorat bahona oʻzini koʻz koʻz qilish, manmanlikka berilish kabi bizga yarashmaydigan
xunuk holatlar koʻzga tashlanyapti. Bular, albatta, barchamizni oʻylantirishi kerak»,
— dedi Shavkat Mirziyoev.
Shu bilan birga, prezident Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,
xususan, muftiy hazratlari, shayx Nuriddin Xoliqnazarovning diniy maʻʻrifat
sohasida olib borayotgan saʻʻy-harakatlarini barcha qoʻllab-quvvatlashini qayd etdi