01.03.2024 09:10

Saudiya Arabistoni Haj qoidalarini kuchaytirdi

Saudiya Arabistoni barcha ziyoratchilarni Hajda noqonuniy ishtirok etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishi haqida ogohlantirdi. Unga koʻra, Haj ziyoratiga ruxsatsiz kelganlar – ham mahalliy aholi, ham xorijliklar - 2 oydan 6 oygacha qamoq jazosi va 50 ming Saudiya riyoli (13,33 ming dollar)gacha jarimaga tortilishi, chet elliklar 10 yilga deport qilinishi mumkin. Shuningdek, noqonuniy ziyorat tashkilotchilari va tashuvchilarga ham jazo choralari kuchaytirildi.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi barcha ziyoratchilarni Hajda noqonuniy ishtirok etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishi haqida ogohlantirdi. Hukumat xabariga koʻra, mahalliy aholi ham, xorijlik ziyoratchilar ham hajga borish uchun rasmiy ruxsat olish talablariga eʻʻtiborli boʻlishlari kerak.

Yangi tartiblarga koʻra, ziyoratda ruxsatsiz qatnashish ogʻir oqibatlarga olib keladi, jumladan, 2 oydan 6 oygacha qamoq jazosi va 50 ming Saudiya riyoli (13,33 ming dollar)gacha jarima tayinlanishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu qoidani buzganlikda aybdor deb topilgan xorijlik fuqarolarga jazo muddatini oʻtab boʻlgach, 10 yil davomida Saudiya Arabistoniga kirishi taqiqlanadi.

Shuningdek, tegishli ruxsatnomasiz ziyoratchilarni olib ketayotgani aniqlangan shaxslarga 50 ming real miqdorida jarima solinishi mumkin.

Bundan tashqari, ziyoratchilar “noqonuniy moliyaviy yordam”da qatnashganlik uchun tayinlanishi mumkin boʻlgan jazolar haqida maʻʻlumot berildi. Bunday qonunbuzarliklar 7 yilgacha qamoq va 5 million Saudiya riyoli (1,33 million dollar)gacha jarima bilan jazolanadi.

Hajga ruxsatsiz qatnashganlik uchun jazo choralari avvaldan mavjud boʻlsa-da, bunchalik qattiq emasdi. Arab News maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yilda dunyo boʻylab 1,8 milliondan ortiq musulmon Haj ziyoratini ado etgan. Maxsus vizasiz haj ziyoratiga borishga uringan 17,6 mingdan ortiq kishi qoʻlga olindi. Shuningdek, 105 ta noqonuniy ziyorat safari tashkilotchisi va 33 ta ziyoratchilarni noqonuniy ravishda Haj ziyoratgohlariga olib borganlar (haydovchilar) aniqlangan.

Haj islom taqvimi boʻyicha Zulhijja oyining 8-dan 12-kuniga qadar davom etadi. 2024 yilda bu sanalar taxminan 15-19 iyunʻ kunlariga toʻgʻri keladi.

Mavzuga aloqador