Ingushetiyada maxsus operatsiya oʻtkazildi
Ingushetiyaning Qorabuloq shahrida Rossiya maxsus kuchlari tomonidan aksilterror operatsiyasi oʻtkazildi. Shanba oqshomida ushbu shaharda qurollangan guruh yashiringan koʻp qavatli uylardan birida otishma sodir boʻldi. Maxsus operatsiya yakunlangani maʻʻlum qilindi.
Ingushetiyaning
Qorabuloq shahrida Rossiya maxsus kuchlari tomonidan aksilterror operatsiyasi
oʻtkazildi, deya xabar qildi TASS.
“Maxsus operatsiya yakunlandi. Aksilterror operatsiya rejimi amalda qoladi”, — dedi
agentlik suhbatdoshi.
Avvalroq
shanba oqshomida qurollangan guruh Qorabuloq shahridagi koʻp qavatli uylardan
birida yashiringani, ularga qarshi Rossiya maxsus kuchlari tomonidan aksilterror
operatsiyasi oʻtkazilayotgani xabar qilingan edi.
Qayd
etilishicha, guruh aʻʻzolaridan biri 2023 yil bahorida politsiyachilarga hujum
qilgani uchun qidiruvda boʻlgan. Maxsus kuchlar guruhni qoʻlga olmoqchi boʻlganida otishma
boshlangan, otishma paytida kvartira balkonida yongʻin chiqqan. Guruhning otishmada
granatalardan ham foydalangani maʻʻlum qilindi.
Ingushetiya rahbari Mahmud-Ali Kalimatov Qorabuloqdagi vaziyat
nazorat ostida ekanligiga ishontirib, aholini vahimaga tushmaslikka chaqirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, tinch aholi orasida qurbonlar yoʻq, voqea joyida tez yordam
brigadasi ish olib borgan.
Ingushetiya Sogʻliqni saqlash vazirligi baʻʻzi ommaviy axborot vositalari tomonidan
tarqatilgan otishma qurbonlari haqidagi maʻʻlumotni rad etdi.
Xavfsizlik maqsadida qoʻshni uylar aholisi evakuatsiya qilingan. Aholi mahalliy maktab
binosiga joylashtirilgan.