28.03.2024 10:37

Rossiyada tojik diasporasi qoʻrquv va xavotirlar ostida yashamoqda

Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” kontsert zalida sodir boʻlgan teraktdan keyingi kunlarda Rossiya boʻylab begunoh tojik muhojirlari tahdidlar, ogʻzaki haqoratlar va huquq-tartibot idoralarining eʻʻtibori ortgan. Nafaqat tojikistonliklar, balki Markaziy Osiyo diasporasining boshqa vakillariga ham diskriminatsiya kuchaygan.

Evropalik yoki "slavyan boʻlmagan" odamlar uchun Rossiya poytaxtida kvartira topish har doim qiyin boʻlgan va bu endi yanada qiyinlashadi. Moskvada yashovchi 35 yoshli tojikistonlik Atovulloning Eurasianet nashriga aytishicha, uy egasi “Krokus” fojiasidan soʻng darhol uni hech qanday izohsiz uydan chiqarib yuborgan.

“Oʻtgan yillar davomida Rossiyada vaziyat ogʻir edi. <…> Hozir koʻchada yurishning iloji yoʻq, hamma sizdan qoʻrqadi, sizdan qochadi”, dedi Atovullo Eurasianet nashriga bergan intervʻyusida.

Atovulloning taʻʻkidlashicha, u Tojikistonga qaytishga qaror qilgan, chunki asosan yosh bolalari dushmanlik muhitida yashashga majbur boʻlishidan qoʻrqmoqda.

2023 yilgi rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, Rossiyada 1,3 mln ga yaqin tojikistonlik istiqomat qiladi. Biroq bu raqam norasmiy yashovchi tojikistonliklar hisobiga ortishi mumkin. Shuningdek, koʻplab tojiklar allaqachon Rossiya fuqaroligini olgan.

“Krokus” fojiasidan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish boʻyicha yangi chaqiriqlar, baʻʻzan esa yanada radikalroq bayonotlar paydo boʻldi. Taksi ilovalari orqali safarga buyurtma bergan odamlar buyurtmani qabul qilishga rozi boʻlishdan oldin haydovchi tojikmi yoki yoʻqmi, deb soʻray boshladi.

Sankt-Peterburgdagi Yandex taksida yarim kunlik ishlaydigan 23 yoshli tojikistonlik Nekruzning aytishicha, oʻnlab potentsial mijozlar undan qaerdanligini soʻrashmoqda. Uning tojikistonlik ekanini bilib, buyurtmani bekor qilishmoqda.

“Bir hovuch odamlar butun bir xalqni sharmanda qildi. Endi ular bizga laʻʻnatlangandek qarashyapti”, - deydi Eurasianet nashriga. Shaharda yurganingizda, oʻzingizni xavfsiz his qilmaysiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi yopiq guruhlarda odamlar guruhlar yaratib, qasos olmoqchi boʻlgan izohlarni koʻrish mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Rossiyada istiqomat qiluvchi yana bir tojikistonlik Dilorom qoʻrquvdan ortiga qarab-qarab yurishini taʻʻkidladi.

“Men koʻchaga chiqmayapman va dushanba kunlari ishga bormayapman, - deydi u intervʻyuda. - Agar men gʻazablanganlar [ksenofoblar] qoʻliga tushib qolsam, tirik chiqib ketishimga ishonchim yoʻq”.

Tojikistonning Moskvadagi elchixonasi Tojikiston fuqarolarini odamlar gavjum joylarga bormaslikka chaqirdi.

Mavzuga aloqador