17.05.2025 16:43
156
Rossiyada musulmonlar uchun qulay sayyohlik tizimi joriy etiladi
Rossiyada Islom dunyosidan kelgan sayyohlar uchun yanada jozibador xizmatlar taklif etish rejalashtirilmoqda.
"Kommersant" nashrining yozishicha, 2025 yil oxirigacha mehmonxonalar va sayyohlik obъektlarida halollik talablariga javob beruvchi maxsus davlat standarti ishlab chiqiladi.
Bu bilan Rossiya halol xizmatlar koʻrsatish talablari rasman tartibga solingan kam sonli mamlakatlar qatoriga qoʻshiladi.
"Rosstandart" rahbari Anton Shalaevning TASS axborot agentligiga aytishicha, ushbu standart musulmon davlatlardan koʻproq sayyohlarni jalb etish maqsadida ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning bunday mamlakatlarga koʻproq mahsulot eksport qilishiga ham yordam berishi mumkin.