16.07.2024 12:45

Urush Rossiya demografiyasiga zarba bermoqda

Rossiya Davlat Dumasi deputati va Oila masalalari qoʻmitasi rahbari Nina Ostanina Ukrainadagi "maxsus operatsiya" Rossiyada tugʻilish darajasi va bolali oilalarning hayot sifatiga salbiy taʻʻsir koʻrsatayotganini maʻʻlum qildi. U 300 ming chaqiriluvchi va shuncha miqdordagi koʻngillilarning harbiy harakatlarga jalb etilishi tugʻilish darajasiga salbiy taʻʻsir koʻrsatishini taʻʻkidladi. Qayd etilishicha, 2024 yilning dastlabki besh oyida Rossiyada aholi soni 282 ming kishiga kamaygan, bu – oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 45 ming kishiga koʻproq degani.

Rossiya Davlat Dumasi deputati va Oila masalalari qoʻmitasi rahbari Nina Ostaninaning soʻzlariga koʻra, "maxsus operatsiya" Rossiyada tugʻilish darajasi va bolali oilalarning hayot sifatiga salbiy taʻʻsir koʻrsatmoqda. Shuningdek, u 2024 yilning birinchi yarmida tugʻilish koʻrsatkichlari 2023 yilga nisbatan yomonroq ekanligini taʻʻkidladi.

Davlat Dumasida boʻlib oʻtgan "Rossiya Federatsiyasida bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash: demografik vaziyatga taʻʻsiri" mavzusidagi davra suhbatida Ostanina Rossiyadagi demografik inqiroz nafaqat ichki, balki global muammolardan ham kelib chiqqanini taʻʻkidladi.

“Bugun biz maxsus operatsiya tugʻilish darajasi va bolali oilalarning hayot sifati bilan bogʻliq vaziyatga oʻzining noxush hissasini qoʻshganiga jim qarab turolmaymiz. Shuning uchun men ushbu sohadagi mutaxassislardan takliflarni eshitmoqchiman”, - dedi Ostanina.

Shuningdek, u ota boʻlishi mumkin boʻlgan erkak koʻngillilarning harbiy harakatlarga safarbar etilishi va ishtiroki tugʻilish darajasiga salbiy taʻʻsir koʻrsatishini taʻʻkidladi.

"300 000 safarbar qilingan odamlar va bir xil miqdordagi koʻngillilar bugungi kunda bola tugʻilishi nuqtai nazaridan juda jiddiy resurs boʻlgan yigitlardir", - deya qoʻshimcha qildi u.

Davlat Dumasi spikeri oʻrinbosari Anna Kuznetsova davra suhbatida 2024 yilning birinchi besh oyida Rossiyada aholining qisqarishi 282 ming kishini tashkil etgani, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 45 ming kishiga koʻp degan maʻʻlumotlarni taqdim etdi. Tugʻilgan bolalar soni 2,1 foizga kamayib, 501 ming nafarni tashkil etgan, tugʻilish koeffitsienti 1,4 nafarni tashkil etdi. Ajralishlar soni nikohlar sonidan 3,5 foizga oshgan.

Avvalroq Nina Ostanina Rossiya hukumatini fuqarolarni Ukrainadagi urushdan avf etilganidan keyin qaytayotgan sobiq mahbuslardan himoya qilish choralarini koʻrishga chaqirgan edi. Ostanina ularning koʻpchiligi yana jinoyat sodir etishini taʻʻkidladi.

Mavzuga aloqador