sharf
- 01
Qozogʻiston Oliy sudi roʻmol oʻragani uchun darsga kiritilmagan oʻquvchi qizni himoya qilib chiqdi. Oliy sud maktab rahbariyatining xatti-harakatlari oʻquvchining taʻʻlim olish huquqini buzganini tan oldi. Qizning advokati shunga oʻxshash ishlar allaqachon Pavlodar, Qaragʻanda, Olmaota va Turkiston viloyatlarida ham koʻrib chiqilgani, barcha hollarda viloyat sudlari oʻquvchi qizlarning huquqlari buzilganligini tan olganini bildirdi.
"Rossiya xalq drujinasi" millatchi tashkiloti faollari Novosibirskdagi dorixonalardan birining sotuvchisidan roʻmolini echishni talab qilmoqda. Millatchilarning fikricha, roʻmol radikal islom bilan bogʻliq boʻlib, pravoslav nasroniylarning diniy tuygʻularini kamsitadi va millatlararo adovatni qoʻzgʻatadi.