27.12.2023 13:27

Robot ilk bor odamga hujum qildi: Tesla zavodidagi hodisa ikki yil oʻtib oshkor boʻldi

 

Tesla muhandisi kompaniyaning Ostin yaqinidagi Giga Texasdagi zavodida nosozlik tufayli robot tomonidan hujumga uchradi. Favqulodda oʻchirish tugmasi bilan toʻxtatilgan robotning hujumi paytida hamma narsa qon toʻkilishiga aylandi.

Tesla kompaniyasining Texasdagi zavodida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tafsilotlari oradan 2 yil oʻtib oshkor boʻldi. DailyMail.com nashri 2021 yilgi jarohatlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻrganish jarayonida bu haqdagi maʻʻlumotlarga duch kelgan.

Qayd etilishicha, quyma alyuminiy avtomobilʻ qismlarini tashishga moʻljallangan mashina inson hamkasbiga hujum qilib, jabrlanuvchining chap qoʻlida ochiq yara qoldirgan. Hodisaga esa ikki nafar boshqa ishchi guvoh boʻlgan va ular zudlik bilan avariyaviy toʻxtatish tugmachasini bosishgan.

2021-2022 yillarda Tesla kompaniyasining Texasdagi zavodida robot bilan bogʻliq boshqa jarohatlar qayd etilmagan boʻlsa-da, bu voqea ish joyidagi avtomatlashtirilgan robotlarning xavf-xatarlari haqida yillar davomida shakllanib kelayotgan xavotirlarni kuchaytirdi.

Tesla Texasdagi qonunga muvofiq, rasmiylarga taqdim etishi kerak boʻlgan jarohatlar toʻgʻrisidagi hisobotda jarohatlangan muhandis ishdan taʻʻtil olishi shart emasligi daʻʻvo qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi ilk bor robotlar va robotlashtirilgan mashinalar harbiylar bilan bir safda real qurol va oʻq-dorilar bilan mashgʻulotlarda ishtirok etgani haqida yozgan edik.

Undan avval esa Isroil Gʻazoda koʻproq vayronagarchiliklarga erishish va koʻproq tinch aholi vakilini oʻldirish maqsadida sunʻʻiy intellektdan faol ravishda foydalanayotgani xabar qilingan edi.

Mavzuga aloqador