09.08.2024 08:47
745

Ukraina qoʻshinlari Rossiyaning 20 ta aholi maskanini qoʻlga kiritdi

Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi 20 ta aholi maskanini egallab, xandaq qazishni boshladi, Lipetsk viloyatida dron hujumidan keyin 4 ta aholi punkti evakuatsiya qilindi, Qrimda mehmonxonalar yopildi.

Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatidagi 20 ta aholi punktini toʻliq yoki qisman egallab oldi va xandaq qazishni boshladi, deya xabar qilmoqda Moskow Time.

Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida boʻlgan va ular egallagan hudud 100 kv. km. dan oshgan. Bir kun oldin qoʻlga olingan Sudja yaqinida Ukraina Qurolli kuchlari istehkomlar qurishni boshladi va zirhli texnikalarni Ukrainadan chegara orqali kelishda davom etmoqda, deb yozadi harbiy muxbir Yuriy Kotenok.

"Vaziyat yomonlashishda davom etmoqda", deydi urush tarafdori blogger Yuriy Podolyaka. Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina Qurolli kuchlari Ivnitsada mustahkam oʻrnashib olishga muvaffaq boʻldi va janglar Kromskie Biki aholi manzili tomonga koʻchgan, Kursk AESgacha 30 kilometrga yaqin masofa qolgan.

Bloomberg agentligiga Kremlga yaqin manbaning aytishicha, Rossiya razvedkasi Ukraina Qurolli kuchlarining yaqinlashib kelayotgan bosqinidan ikki hafta davomida xabardor boʻlgan. Uning soʻzlariga koʻra, ogohlantirishga Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov eʻʻtibor bermagan va Vladimir Putinga maʻʻlumotlarni etkazmagan. Ukraina esa AQShdan Rossiya aerodromlariga zarba berish uchun Amerikaning uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat berishni soʻradi, deb yozadi The Washington Post oʻz nomini oshkor etmagan rasmiyga tayanib. Uning soʻzlariga koʻra, agar Vashington raketalardan foydalanishga ruxsat bersa, bu Kievga “Rossiya bilan muzokaralar uchun zarur taʻʻsir koʻrsatadi”.

Lipetsk viloyatida dron hujumidan keyin 4 ta aholi punkti evakuatsiya qilindi

Lipetsk viloyatida uchuvchisiz uchoqlar orqali uyushtirilgan yirik hujum oqibatida olti kishi jarohatlandi, dedi viloyat gubernatori Igorʻ Artamonov. Lipetsk munitsipal okrugida favqulodda holat eʻʻlon qilindi va toʻrtta aholi punkti aholisini evakuatsiya qilish boshlandi. Lipetsk shahri va Lipetsk munitsipal okrugida yoʻlovchi tashish toʻxtatildi. Infratuzilmaga shikast etgani sababli elektr taʻʻminotida uzilishlar yuz bergan, biroq vaziyat normallashgan. Bundan tashqari, harbiy aerodrom hududida yongʻin boshlangan. Lipetsk viloyatidan tashqari Rossiyaning yana uchta viloyati hujumga uchragan: Belgorod viloyati uzra 29 ta dron urib tushirilgan, Stariy Oskolda ikkita xususiy uy zarar koʻrgan, Bryansk viloyatida esa toʻrtta dron yoʻq qilingan.

Qrimda mehmonxonalar yopiladi

Ukrainada urush boshlanganidan beri Qrim va Sevastopolda mehmonxona kompaniyalari soni kamaydi. Kontur.Focus tadqiqotiga koʻra, 2024 yil iyuliga qadar Qrimda mehmonxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi 1,6 ming yuridik shaxs roʻyxatga olingan, bu bir yil avvalgidan 2 foizga, 2022 yilga nisbatan esa 6,35 foizga kamdir. Mehmonxona bandligining eng sezilarli kamayishi yarimorolning gʻarbiy qirgʻogʻida qayd etilgan. Simferopol aeroporti ochilmaguncha vaziyat yaxshilanmasligi kutilmoqda. Mutaxassislarning taʻʻkidlashicha, asosan kichik mehmonxonalar va mehmon uylari yopilgan, yirik mehmonxona obʻʻektlari ishlashda davom etmoqda.

Mavzuga aloqador