12.02.2025 06:51
Rossiya 5 yil ichida Evropada urush boshlashi mumkin - Daniya
Rossiya 5 yil ichida Evropada urush boshlashi mumkin - Daniya
Daniya Mudofaa razvedka xizmati Evropada kelgusi besh yil ichida keng koʻlamli harbiy mojaro sodir boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Hisobotda taъkidlanishicha, agar Rossiya NATOni siyosiy va harbiy jihatdan zaif deb hisoblasa, alьyansning ayrim davlatlariga nisbatan kuch ishlatishi ehtimoli ortadi.
"Politico" nashri yozishicha, hisobotda AQShning Evropadagi ittifoqchilarini qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eъtibor qaratilgan. Daniya razvedkasiga koʻra, agar Rossiya mojaro paytida AQSh Evropani himoya qilishga tayyor emas, degan xulosaga kelsa, u NATOga qarshi harbiy harakatlarni boshlaydi.
Hujjatda, shuningdek, Moskva oʻz harbiy salohiyatini oshirayotgani va NATO bilan ehtimoliy qarama-qarshilikka tayyorlanayotgani taъkidlangan.
Bu prognoz AQSh prezidenti Donalьd Trampning Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan tashabbuslari fonida eъlon qilindi. Daniya hisobotida mojaro tugagan yoki muzlatilgan taqdirda ham bir necha ehtimoliy stsenariylar koʻrib chiqilgan. Hozircha Rossiya va NATO rasmiylari bu hisobot yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp avvalroq Daniyaga qarashli boʻlgan Grenlandiya oroliga koʻz olaytirayotgan edi. Turli chiqishlar orqali eъtiroz bildirgan Daniya Rossiyaning taxminiy hujumidan xavotirlanib AQShga orolni taqdim qilishi ham mumkin.