01.04.2024 09:02

Quddusda Isroil hukumatiga qarshi 100 ming kishi norozilik namoyishiga chiqdi

Quddusda Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urush boshlanganidan beri eng yirik norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. 100 mingdan ziyod kishi qatnashgan namoyish tashkilotchilari hukumat isteʻʻfosini talab qilib, Gʻazo sektorida garovda boʻlgan 130 nafar isroillikni ozod qilishga olib keladigan kelishuvga rozi boʻlishga chaqirmoqda. Norozilik harakatlari vakillari bu hafta Quddus boʻylab toʻrt kunlik miting va tadbirlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

100 mingdan ortiq odam Isroil parlamenti – Knesset oldida toʻplanib, hukumat isteʻʻfosini talab qilmoqda. Ushbu ommaviy norozilik namoyishi Isroil va HAMAS oʻrtasida urush boshlanganidan beri eng yirigi boʻldi.  

Namoyish tashkilotchilari bosh vazir Benyamin Netanyaxu va uning hukumatini isteʻʻfoga chiqishga, mamlakatda muddatidan oldin saylovlar oʻtkazishga, Isroil rahbariyatini esa Gʻazo sektorida garovda boʻlgan 130 nafar isroillikni ozod qilishga olib keladigan garov kelishuviga rozi boʻlishga chaqirdi.

Namoyishchilar yakshanba kuni kechqurun soat 19:00 atrofida boshlangan namoyish oldidan Knessetga yoʻl oldi va hukumatga qarshi toʻrt kunlik norozilik namoyishini boshladi.

Knesset binosi oldidagi yigʻilish, shu hafta Quddusda toʻrt kunlik norozilik namoyishlari va yigʻilishlarini rejalashtirayotgan Kaplan Forse va Brothers in Arms kabi hukumatga qarshi norozilik harakatlari koalitsiyasi tomonidan boshlangan.

Tashkilotchilar mitingda 100 mingdan ortiq, OAV esa oʻn minglab odamlar qatnashganini maʻʻlum qildi.

Netanyaxuga qarshi guruhlar “Sen masʻʻulsan, sen aybdorsan”, “Kelishuv (mahbuslarni almashish boʻyicha) hozir”, “Saylovlar hozir” kabi shiorlar bilan bosh vazir Netanyaxuga yuzlanib, hukumat isteʻʻfosini talab qildi.

Asosiy norozilik namoyishi tugagandan soʻng, baʻʻzi ishtirokchilar yaqin atrofdagi «Begin» shossesini toʻsib qoʻyishdi va yoʻlda gulxan yoqishdi, biroq keyinroq politsiyachilar ularni haydab chiqardi. Shu bilan birga, boshqa namoyishchilar Quddusga kirish yoʻlini String koʻprigi yaqinida toʻsmoqchi boʻlib, huquq-tartibot idoralari bilan toʻqnashdi. Kamida bir namoyishchi hibsga olingan, deydi politsiya.

Hukumatga qarshi ommaviy namoyishdan soʻng namoyishchilar Knesset yaqinida 100 dan ortiq chodir qurdi. Chodirlar qatori Knessetdan Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasiga qadar choʻzilgan. Shaxsiy uyqu chodirlari yonida namoyishda ishtirok etgan turli norozilik harakatlari tomonidan oʻrnatilgan kattaroq logistika chodirlari, shuningdek, Yom Kippur urushi faxriylari olib kelgan ikkita haqiqiy oʻlchamdagi tanklar maketi ham bor.

Norozilik harakatlari vakillari bu hafta Quddus boʻylab toʻrt kunlik miting va tadbirlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga aloqador