20.05.2024 07:06
Eron prezidenti vertolyoti halokatga uchradi. Tafsilotlar
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinida «qattiq qoʻndi». Noqulay ob-havo sharoiti va qorongʻilik tufayli qidiruv-qutqaruv ishlari qiyinlashdi. Turkiya tunda koʻrish tizimi bilan jihozlangan vertolyot va alʻpinistlar yubordi. Oʻzbekiston TIV munosabat bildirdi. Hodisa tafsilotlari.
19 may, yakshanba kuni bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot Ozarbayjon chegarasi yaqinida «qattiq qoʻnishni» amalga oshirdi. Bu haqda birinchilardan boʻlib Eron ommaviy axborot vositalari, jumladan, IRNA davlat axborot agentligi xabar berdi. Xabar eʻʻlon qilingan vaqtda halok boʻlganlar va jarohatlanganlar haqida maʻʻlumot berilmagan.
Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Eron shimoli-gʻarbidagi Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Uzi qishlogʻi yaqinidagi togʻli hududda sodir boʻlgan. Raisiy Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev bilan Araks daryosidagi toʻgʻonning ochilish marosimida ishtirok etib, chegaradan ortga qaytayotgan boʻlgan. Samolyotda mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyan ham boʻlgan.
Ichki ishlar vazirligi rahbari Ahmad Vohidiyning IRIB davlat telekanali orqali xabar berishicha, hodisaga ob-havo yomonlashuvi va tuman sabab boʻlgan.
«Hududga turli qutqaruv guruhlari (40 ga yaqin) joʻnatilmoqda, biroq tuman va noqulay ob-havo tufayli voqea joyiga etib borish biroz vaqt talab qilishi mumkin. Vaziyat nazorat ostida. Biz ekipaj bilan bogʻlandik. Biroq kuchli tuman va relʻefni inobatga olib, qutqaruv guruhlari voqea joyiga ertaroq etib boradi va bizga qoʻshimcha maʻʻlumot beradi, deb umid qilamiz», — dedi u.
Eron vitse-prezidenti Mohsin Mansuriyning aytishicha, vertolyot qattiq qoʻngach, prezidentga hamrohlik qilayotgan ikki kishi bir necha bor aloqaga chiqqan.
Shu bilan birga, Eron vitse-prezidenti «bu jiddiy baxtsiz hodisa emasga oʻxshaydi», deb taʻʻkidladi.
«Delegatsiya uchta vertolyotda uchdi, biroq prezident bortida boʻlgan vertolyot va qolgan ikkita vertolyot oʻrtasida aloqa uzilib qoldi. Qolgan ikkita vertolyot yoʻqolgan vertolyotni qidirishga kirishgan. Vertolyot yoʻlovchilaridan biri va uning ekipaji aloqaga chiqdi, bu esa falokat darajasi unchalik jiddiy emasligini koʻrsatdi. Qizil yarim oy va armiyaning qutqaruv guruhlari, Islom inqilobi soqchilari korpusi zudlik bilan voqea joyiga yuborildi», — dedi u.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga koʻra, vertolyot qulagan hududda qorongʻi tushgan, shuningdek, u erda ham yomgʻir yogʻmoqda, bu esa avtomobillar va odamlarning oʻtishini qiyinlashtirgan loyga sabab boʻlgan. Samolyotni qidirish davom etmoqda.
Eronda koʻplab vertolyotlar bor, lekin xalqaro sanktsiyalar ularni taʻʻmirlash va texnik xizmat koʻrsatishni qiyinlashtiradi. Mamlakat harbiy-havo kuchlari ham asosan 1979 yilgi Islom inqilobidan oldin shakllangan, deb yozmoqda BBC.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi munosabati
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyotning favqulodda qoʻndirilishi haqidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qilgani»ni maʻʻlum qildi.
Vazirlik vertolyot yoʻlovchilari, jumladan, Eronning yuqori martabali rasmiylari taqdiri haqidagi maʻʻlumotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi.
«Barcha yoʻlovchilar tez orada sogʻ-salomat topilishiga umid qilamiz. Oʻzbekiston tomoni zarurat boʻlishi bilan Eronlik doʻstlarimizga barcha yordam koʻrsatilishiga toʻliq tayyorligini bildiradi», — deyiladi xabarda.