18.12.2023 14:56

Oy uy rasmiylari Baydenning mamlakat va xorijdagi obroʻsi tushishidan xavotirda

AQSh maʻʻmuriyati rasmiylari Isroilni qoʻllab-quvvatlashi Baydenning mamlakat va xorijdagi obroʻsining tushishidan xavotirda.

AQSh prezidenti maʻʻmuriyati rasmiylari Oq uyning Gʻazo sektoriga bostirib kirgan Isroilni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashi Jo Baydenning mamlakat ichkarisida va xorijdagi obroʻsiga putur etkazishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda The Washington Post gazetasining yuqori martabali manbalari maʻʻlum qildi.

Ularning aytishicha, Binʻyamin Netanyaxu hukumatiga yordam AQSh siyosati uchun qimmatga tushishi mumkin, chunki mamlakat ittifoqchilari va hamkorlari Oq uyning falastinliklarni himoya qilishdan bosh tortayotganidan tobora norozi boʻlib bormoqda.

"Diplomatik badali sezilarsiz boʻlishi mumkin, - deya suhbatdoshlaridan birining soʻzlarini keltiradi The Washington Post. - Ammo koʻplab mamlakatlarda jamoatchilik fikri dushmanona boʻlsa, tashvish tugʻdiradigan masalalarda qoʻllab-quvvatlash qiyinlashadi".

Bu Vashingtonning "mintaqa va boshqa joylarda" yakkalanib qolishiga olib kelishi mumkin, deydi manbalar. Ularning qayd etishlaricha: Netanyaxu hukumati AQShning oʻzi ham Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi pozitsiyasidan aziyat chekayotganini tushunishi, shuning uchun falastinliklar ahvoli masalasi kun tartibiga qaytarilishi kerak.

Soʻnggi paytlarda Oq uy, Davlat departamenti va boshqa bir qator hukumat idoralaridagi baʻʻzi rasmiylar AQShning Isroil harakatlarini soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashiga ochiqdan-ochiq eʻʻtiroz bildira boshladilar va bu tendentsiya Amerika rahbariyati uchun jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytishmoqda.

Mavzuga aloqador