29.05.2025 13:02
126
NYT: Tramp dunyoni qayta taqsimlamoqchi
The New York Times gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning soʻnggi harakatlari uning dunyoni AQSh, Rossiya va Xitoy oʻrtasida boʻlmoqchiligidan dalolat beradi.
Ayrim tahlilchilarining fikricha, Tramp uchta buyuk davlat deb ataladigan AQSh, Xitoy va Rossiyaning har biri er sharining oʻziga xos qismida hukmronlik qiladigan dunyoni tasavvur qilyapti. Nashr mualliflarining taъkidlashicha, dunyoning bunday qayta boʻlinishi "XIX asr imperatorlik boshqaruvi uslubiga qaytish boʻladi".
NYT Amerika prezidentining Grenlandiyani Daniyadan tortib olish, Kanadani qoʻshib olish va Panama kanali ustidan toʻliq nazoratni tiklash istagini eslatgan.
"AQShning Gʻarbiy yarimsharda hukmronligini kengaytirishga urinishlari uning Amerika taъsir doirasini yaratish istagining eng yorqin belgisidir", deb yozadi gazeta. Bundan tashqari, oʻtgan hafta Tramp Rossiya bilan savdo aloqalarini tiklash va "oʻzining global savdo urushi oqibatlarini cheklash" istagini bildirgan hamda Xitoy etakchisi Si Tszinpinni u bilan bogʻlanishga chaqirgan.