22.12.2023 14:57

Frantsiya Nigerdagi elchixonasini yopishga tayyorlanmoqda

Frantsuzlar Nigerdagi qoʻshinlarini ham olib chiqib ketmoqda.

Frantsiya tashqi ishlar vazirligi Afrika gʻarbida joylashgan Nigerdagi diplomatik vakolatxonasini yopishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Assosiated Press.

Niger fuqarolari boʻlgan Frantsiya elchixonasi xodimlari allaqachon Tashqi ishlar vazirligidan tegishli bildirishnoma olgan.

TIV elchixona endi faoliyat koʻrsata olmasligi sababli nomaʻʻlum muddatga yopilishini taʻʻkidladi.

Niger va Frantsiya oʻrtasidagi munosabatlar iyulʻ oyida ushbu mamlakatda roʻy bergan davlat toʻntarishidan keyin yomonlashgan edi.

Bir guruh yuqori martabali harbiy zobitlar hukumatni egallab, saylangan sobiq prezident Muhammad Bazumni agʻdardi. Xunta (harbiy reaktsion terroristik guruh – tarj.) maʻʻmuriyati Frantsiyadan mamlakatdagi bazalarini yopish va askarlarini olib chiqishni soʻradi.

Avvalroq Niger harbiy hokimiyati rahbari Abdurrahmon Tchiani frantsuz qoʻshinlarining mamlakatda boʻlgan butun davri davomida ular nafaqat terrorizmni engishmagan, balki jangarilar kuchayishiga ham hissa qoʻshganini maʻʻlum qilgandi.

Ayni paytda Parij Niger rahbariyatining iltimosiga koʻra oʻz qoʻshinlarini mamlakatdan olib chiqib ketmoqda. Jarayon yil oxirigacha yakunlanishi kerak.

Mali va Burkina-Fasodagi toʻntarishlar ortidan mintaqadagi hamkorlarini birin-ketin yoʻqotgan Frantsiya uchun Niger Gʻarbiy Afrikadagi soʻnggi ittifoqchilaridan biri boʻlib qolayotgandi.

Toʻntarishdan soʻng Gʻarbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Jamiyati (ECOWAS) Nigerdagi xunta maʻʻmuriyatiga qarshi harbiy aralashuv bilan tahdid qildi, biroq tomonlar keyinchalik muzokara qilishni afzal koʻrdi.

 

Mavzuga aloqador