26.07.2024 09:45

Nemis generali Bundesverda 300 ta jangovar tank qolganini maʻʻlum qildi

Germaniya qurolli kuchlari bosh inspektori general Karsten Broyer Rossiya yiliga 1000-1500 ta tank ishlab chiqarayotgani, Bundesverda esa 300 ta tank qolganini maʻʻlum qildi. U razvedka maʻʻlumotlari Rossiya armiyasi Gʻarbga hujum qilishga hozirlik koʻrayotgani hamda 2029 yilga borib buni amalga oshirish uchun barcha qurol-yarogʻ va inson resurslariga ega boʻlishini taʻʻkidladi.  

Germaniya qurolli kuchlari bosh inspektori Karsten Broyer Tagesspiegel nashriga bergan intervʻyusida Rossiya yiliga 1500 tagacha tank ishlab chiqarib, harbiy qudratini oshirish boʻyicha Evropaning bir qator yirik NATO davlatlaridan sezilarli darajada oʻzib ketganini maʻʻlum qildi. Uning ogohlantirishicha, bu surʻʻatda «besh-sakkiz» yil ichida prezident Vladimir Putin Shimoliy Atlantika alʻyansi bilan urush boshlash imkoniyatiga ega boʻladi.

"Rossiya armiyasi har yili 1000-1500 tank bilan toʻldiriladi. NATOning Evropadagi eng yirik besh aʻʻzosining koʻrsatkichlari bu raqamning atigi yarmiga ega. Bundesverda 300 ga yaqin jangovar tanklar mavjud. Agar biz bu potentsialga Putinning nutqlaridagi albatta oʻqilishi kerak boʻlgan niyatlarini qoʻshsak, ehtiyot boʻlishimiz kerak”, — dedi Broyer.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu maʻʻlumotlarga, shuningdek, ittifoqchilarning razvedka xizmatlari va qurolli kuchlaridan kelayotgan maʻʻlumotlarga asoslanib, Rossiya armiyasi Gʻarbga hujum qilishga hozirlik koʻrmoqda hamda 2029 yilga borib buni amalga oshirish uchun barcha materiallar, qurollar va kadr resurslariga ega boʻladi, degan xulosaga kelish mumkin.

Broyer taʻʻkidlaganidek, bu Germaniya bunday stsenariyga tayyor boʻlishi kerakligini anglatadi. Uning tan olishicha, Ukrainaga koʻrsatilayotgan yordam Bundesverning qurol-yarogʻ zaxirasiga taʻʻsir qilgan va hozircha faqat harbiylarning shaxsiy jihozlari masalasi hal qilingan. “Askarlar hozir inqirozni boshdan kechirayotganimizni bilishadi, chunki biz avval buyurtma qilingan uskunani ishlab chiqarishimiz kerak. Yangi tanklar hali parad maydonchasida, yangi samolyotlar esa angarda yoʻq”, dedi general.

Broyerning taʻʻkidlashicha, vaziyat kelgusi yilda oʻzgara boshlaydi hamda 2026 va 2027 yillarda qoʻshinlarga yangi qurol tizimlari kelishining "sezilarli oʻsishini" kutish mumkin. Shu bilan birga, u nemis armiyasining toʻliq jangovar tayyorgarligiga erishish qanchaga tushishi haqidagi savolga javob berishga qiynaldi, ammo hal qiluvchi omil mudofaa byudjetining doimiy va barqaror oʻsishi ekanligini taʻʻkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, 2025 yilda 53 milliard evrogachani tashkil etgan xarajatlarning 1,25 milliard evroga oshishi Bundesver kelgusi yilda toʻlovni amalga oshirib, 2029 yilda olishi mumkin boʻlgan zarur texnikalarni sotib olish uchun etmaydi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ham mudofaa xarajatlarini 6 milliard evroga oshirish lozimligini taʻʻkidladi.

Broyerning taʻʻkidlashicha, u ham, vazir ham harbiylarga operatsion xarajatlarni tejab boʻlmasligini aniq aytishgan. “Tiyib turuvchi funktsiyalarni bajarish uchun yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik zarur. Bunga faqat shaxsiy tarkibni oʻqitish va amaliyotdan oʻtkazish, shuningdek, zarur qurollardan foydalanishga tayyor boʻlish orqali erishish mumkin. Boshqa tomondan, agar yangi xaridlar kechiktirilsa, biz yana imkoniyatlar boʻshliqlarini yaratamiz. Har ikkalasidan ham qochishimiz kerak”, - deya xulosa qildi general.

Bundesverni modernizatsiya qilish uchun 100 milliard evrolik maxsus jamgʻarma 2028 yilda tugashi kerak. U Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan soʻng qisman Germaniya NATOning yalpi ichki mahsulotning 2 foizi miqdoridagi mudofaa xarajatlariga erishishi uchun yaratilgan edi.

Reuters agentligining Germaniya Moliya vazirligidagi manbalariga koʻra, 2026-2027 yillarda bu sohani moliyalashtirishdagi boʻshliq 13 milliard evroni tashkil etadi, 2028 yilda esa NATOning maxsus fondsiz etaloniga erishish uchun 28 milliard evro kerak boʻladi. 39 milliard evrolik muntazam byudjet kamomadi ortidan Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts 2028 yildan boshlab gʻaznadan mudofaa uchun 80 milliard evro ajratilishini taʻʻkidladi.

Gʻarb harbiy rahbarlari va siyosatchilari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi katta urushga aylanib ketishi mumkinligini bir necha bor taʻʻkidlagan. 17 iyulʻ kuni bu mavzuni Polʻsha prezidenti Anjey Duda koʻtardi. Uning fikricha, agar Ukraina magʻlub boʻlishiga yoʻl qoʻyilsa, Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi ehtimoliy urush "juda yaqin boʻladi".

"Agar rus imperializmi daf qilinmasa va Putinning shafqatsiz tigʻi soʻnmasa, bu ochkoʻz yirtqich hayvon tobora koʻproq hujum qiladi", deb taʻʻkidladi Duda. Polʻsha va NATOga qancha vaqt bor, degan savolga prezident bu erda kunlarni sanash emas, harakat qilish kerak, deb javob berdi.

Putin Rossiyani Gʻarb bilan urushga tayyorlayotganini bir necha bor inkor etib, NATOga qarshi kurashda “hech qanday sabab ham, manfaatdor ham” yoʻqligini taʻʻkidladi.

Avvalroq Britaniya Qurolli Kuchlari qoʻmondoni general Roland Uoker kelgusi uch yil ichida urushga tayyorgarlik koʻrish, 2027 yilgacha britan armiyasining jangovar qobiliyatini ikki barobarga oshirish zarurligini taʻʻkidlagani haqida xabar bergan edik. Uning fikricha, Rossiya, Eron va Xitoy Britaniyaga xavf tugʻdirishi mumkin. “Urush muqarrar emas, ammo mojaroga tayyorgarlik koʻrish va uning oldini olish uchun vaqt etarli”, dedi qoʻmondon.

Mavzuga aloqador