Musulmon faol Gʻazoni qoʻllab-quvvatlagani uchun Frantsiya qamoqxonasiga tortiladi
Frantsiyada musulmon faol mamlakat hukumatini islomofobiyaga berilib ketganlikda ochiq tanqid qilgani uchun sudga tortildi. Ilʻyas D’Imzalen «Intifada» (Isroilga qarshilik) atamasini omma oldida ishlatgani va sionizmni tanqid qilgani uchun 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Frantsiyada musulmon faol mamlakat hukumatini islomofobiyaga
berilib ketganlikda ochiq tanqid qilgani uchun sudga tortildi.
Ilʻyas D’Imzalen ijtimoiy
tarmoqlar va ommaviy tadbirlarda sionizm va irqchilikni qoralab, Falastin xalqi
huquqlarini himoya qilishga, Gʻazodagi genotsidni toʻxtatishga chaqirdi, deb yozadi
IslamNews.
Musulmon faol sionizmga qarshi tinch yoʻl bilan qarshilik
koʻrsatishga eʻʻtibor qaratgan boʻlsada, Frantsiya huquq-tartibot idoralari uni
ayblash uchun nimadir topdilar.
Ilyas
bir necha jinoyatlar,
jumladan, “millati yoki diniga koʻra bir guruh odamlarga nisbatan nafrat yoki
zoʻravonlik qoʻzgʻatish”, “jismoniy hujumlarni qoʻzgʻatish” va “millatning asosiy
manfaatlariga putur etkazuvchi jinoyatlarni qoʻzgʻatish” boʻyicha ayblanmoqda.
«Intifada» (Isroilga qarshilik) atamasini omma oldida
ishlatgani va sionizmni tanqid qilgani uchun Ilyas 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.