Moskvada homilador ayol roʻmol oʻragani uchun kaltaklandi
Rossiya poytaxti Moskvada 21 yoshli homilador ayol roʻmol oʻragani uchun 63 yoshli erkak tomonidan temir chiviq bilan kaltaklandi. Ayol zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, homilasining hayoti xavf ostida qolmoqda. Erkak ushlangan.
Rossiya
poytaxtida homilador ayol roʻmol tufayli haqoratlanib, soʻngra kaltaklandi. Bu
haqda “Baza” Telegram kanali xabar qildi.
21 yoshli
moskvalik Milana onasi bilan “Domodedova” metro bekatiga kiraverishda turganida,
63 yoshli erkak ularga yaqinlashib, haqorat qilgan: erkakka Milananing qora roʻmoli
va koʻylagi yoqmagan va shuning uchun uni «matryoshka» (bir birining ichiga
solinadigan yogʻoch oʻyinchoq – tahr.) deb haqoratlagan va soʻng gʻoyib boʻlgan.
Biroq
oradan koʻp oʻtmay erkak temir tayoq bilan qaytib kelib, homilador Milana va uning
onasini kaltaklay boshlaydi. “Baza” xabariga koʻra, erkak homilador ayolning
qorniga ham tayoq bilan bir necha marta urgan.
Hujum
qilgan shaxs allaqachon qoʻlga olingan. Jabrlanuvchi esa kasalxonaga yotqizilgan,
bolaning hayoti xavf ostida qolmoqda - homila qimirlamayapti, ammo yurak urishi
szilmoqda.
Mazkur hujum
Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri, “Yangi xalq” partiyasidan deputat Vladislav
Davankovning keng muhokama qilingan tashabbusi fonida yuz berdi. Davankov 28 may
kuni taʻʻlim muassasalarida diniy liboslarni (roʻmol, hijob va niqob) tanlab
taqiqlash boʻyicha qonunchilik tashabbusi bilan chiqqan edi.