23.09.2025 10:04
390

Misrlik milliarder AQSh iqtisodiyotiga 50 mlrd dollargacha sarmoya kiritmoqchi


Misrning eng boy kishisi sifatida tanilgan tadbirkor Nassef Saviris AQSh iqtisodiyotiga katta sarmoya yoʻnaltirishda davom etmoqda. U Gʻazodagi genotsidning bevosita ishtirokchisi boʻlgan Qoʻshma Shtatlar infratuzilmasi loyihalariga 50 milliard dollargacha investitsiya kiritmoqchi, deb yozadi Financial Times.

Nashr bilan suhbatda ingliz futboli klubi – "Aston Villa"ning egasi boʻlgan misrlik milliarder oʻzining kimyo kompaniyasi OCI Globalni oilaviy qurilish kompaniyasi Orascom Construction bilan birlashtirganini maъlum qilgan.

Taъkidlanishicha, birlashgan kompaniya aktsiyalari hozirgi kunda Saviris istiqomat qilayotgan Abu-Dabida sotuvga chiqariladi.

Savirisning qoʻshimcha qilishicha, yangi kompaniyaning asosiy maqsadi AQShdagi infratuzilma loyihalariga yoʻnaltirilgan sarmoyalar boʻladi. Milliarderning rejalari orasida data-markazlar qurilishi va boshqa yirik loyihalarda ishtirok etish ham bor.

Mavzuga aloqador