10.10.2024 16:30
572

Misr Sudandagi fuqarolar urushiga aloqadorligini rad etdi

 

Misr Sudan Tezkor Harakat Kuchlari rahbari Muhammad Hamdan Dagaloning mamlakat qurolli kuchlari Sudandagi mojaroga aralashganlikda ayblaganini rad etdi. Dagaloning aytishicha, Misr qurolli kuchlari Xartum janubidagi Jabel Moya hududida zarbalar bermoqda.

"Misr bizga qarshi kurashmoqda", dedi. Dagalo urushga aralashayotgan olti davlatdan biri sifatida Misrni ham tilga oldi. Ular orasida, shuningdek, joriy yil boshida Sudan armiyasiga Muhajir-6 dronlarini topshirgan Eron ham aytib oʻtilgan.

“Misr oʻz havo kuchlarining qardosh Sudanda boʻlayotgan janglarda ishtirok etishi haqidagi taxminlarni rad etadi”, deb javob berdi Misr Tashqi ishlar vazirligi Dagaloning bayonotlariga javoban.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Sudan armiyasi qoʻmondoni Abdel Fattoh al-Burxon oʻrtasida yaqin doʻstona munosabatlar mavjud. Mutaxassislar Sudandagi urushni proksi guruhlar oʻrtasidagi mojaro deb atab, Tezkor harakat kuchlari BAA tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganini aytishmoqda. Bu haqda BMT tomonidan oʻtgan yilning dekabrida oʻtkazilgan monitoring mualliflari ham eʻʻlon qilgan edi.

Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi Tezkor harakat kuchlari xavfsizlik kuchlari va Sudandagi Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi mamlakat armiyasi oʻrtasidagi fuqarolar urushi 2023 yil aprelʻ oyi oʻrtalaridan buyon davom etmoqda. Fuqarolik urushi mobaynida 10 mingdan ortiq tinch aholi halok boʻldi, millionlab insonlar qochqinlarga aylandi. Qolaversa, mamlakatda vabo epidemiyasi ham avj olmoqda. Joriy yil iyulʻ oyidan buyon Sudanning 6 ta viloyatida 18 mingdan oshiq vabo holati va 550 ta oʻlim qayd etildi.

Mavzuga aloqador